platina.uz
Biznes

“Mikrokreditbank” tadbirkorlar uchun faktoring modulini ishlab chiqdi

2024 yil davomida tadbirkorlik subʼektlariga 42,2 milliard soʻm miqdorida, joriy yilning oʻtgan davrida esa 41 milliard soʻmdan ortiq moliyaviy xizmatlar taqdim etildi.

“Mikrokreditbank” tadbirkorlar uchun faktoring modulini ishlab chiqdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 8 aprelda qabul qilingan “Faktoring xizmatlari bozorini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, kichik va oʻrta biznes subektlari faoliyatining uzluksizligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Mikrokreditbank” tizimida ham qator yangiliklar joriy etildi.

Jumladan, kichik va oʻrta biznes subektlari uchun “Faktoring xizmat koʻrsatish moduli” ishlab chiqildi. Mazkur modul 6 oygacha boʻlgan muddatda, xizmat muddatiga qarab 2 foizdan 12 foizgacha diskont stavkasi bilan faktoring xizmatlarini koʻrsatish imkonini beradi.

Bundan tashqari, eksport va import operatsiyalari uchun chet el valyutasida faktoring xizmatlari moduli joriy qilindi. Ushbu xizmat turi kichik va oʻrta biznes subʼektlariga 6 oygacha boʻlgan muddatda, AQSh dollari va yevroda muddatiga qarab 1,3 foizdan 7,8 foizgacha diskont stavkada moliyaviy qoʻllab-quvvatlash imkoniyatini taqdim etmoqda.

Yaqinda bank tomonidan parrandachilik sohasi uchun maxsus “Parranda faktoring” moduli yoʻlga qoʻyildi. Bu modul Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 yanvardagi PQ-34-sonli qarorining 2.b-bandi ijrosi doirasida ajratilgan 50 milliard soʻm mablagʻ hisobidan parrandachilikning goʻsht va tuxum yoʻnalishlarini kooperatsiya asosida rivojlantirish hamda aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan. Mazkur modul orqali “Mikrokreditbank”da 6 oygacha boʻlgan muddatda, muddatiga qarab 1 foizdan 7 foizgacha diskont bilan imtiyozli moliyaviy xizmatlar taqdim etilmoqda.

Natijalarga koʻra, 2024 yil davomida tadbirkorlik subʼektlariga 42,2 milliard soʻm miqdorida, joriy yilning oʻtgan davrida esa 41 milliard soʻmdan ortiq moliyaviy xizmatlar taqdim etildi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, “Mikrokreditbank” tomonidan joriy qilingan faktoring xizmatlari modullari kichik va oʻrta biznes subʼektlari uchun yangi moliyaviy imkoniyatlarni yaratdi. Bu esa tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, eksport salohiyatini oshirish va aholi bandligini taʼminlash borasida muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.

Bank axborot xizmati

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid