platina.uz
Jahon

Kanadada Liberal partiya saylovlarda gʻalaba qozondi

Bosh vazir Mayk Karni gʻalaba nutqida "Amerika xavfi" haqida gapirdi va mamlakat hech kimga qoʻshilmasligini aytdi. 

Kanadada Liberal partiya saylovlarda gʻalaba qozondi

Kanada Bosh vaziri Mark Karni 29 aprel kuni federal saylovlardagi gʻalaba qozonganini eʼlon qildi.

U oʻz nutqida AQSh Prezidenti Donald Tramp tomonidan qoʻyilgan keskin savdo bojlari va doimiy tahdidlar soyasida qolib ketgan saylov kampaniyasidan soʻng, uning davlati hech qachon Qoʻshma Shtatlarga boʻysunmasligini aytdi.

Saylovchilar Kanadaning Liberal partiyasini ketma-ket toʻrtinchi muddatga hokimiyatga keltirdilar. Biroq Karni koʻpchilik oʻrinlarni qoʻlga kiritganmi yoki hukumat tuzish uchun boshqa partiyalar bilan hamkorlik qilishiga toʻgʻri keladimi — hozircha nomaʼlum.

Hukumatni mustaqil shakllantirish uchun partiya 172 ta oʻringa ega boʻlishi kerak.

CNN hamkorlari boʻlgan CTV nashri Karni yetakchiligidagi partiya ozchilik hukumati tuzishini taxmin qilmoqda.

CBC esa hozircha ular koʻpchilikni qoʻlga kirita olgan-olmaganini aniqlash uchun hali erta ekaligini maʼlum qilgan.

Muxolifatdagi Konservativ partiya yetakchisi Per Polev seshanba tongida magʻlubiyatini tan olib, Karni ozchilik hukumati tuzish uchun yetarli oʻrinlarni qoʻlga kiritganini aytdi.

Liberal partiya yetakchisi Mark Karni Trampning AQSh va Kanadani birlashtirish haqidagi taklifi hamda "Oʻzini kanadalikman degan har bir kishini birdek himoya qilish" haqidagi fikrini keskin tanqid qildi.

"Men bir necha oydan beri ogohlantirib kelmoqdaman — AQSh bizning yerimiz, suvimiz, tabiiy resurslarimiz va davlatimizga koʻz olaytirib kelmoqda. Bu shunchaki tahdidlar emas. Prezident Tramp Kanadani boʻlib yuborib, keyin bizni boʻysundirmoqchi. Sizni ishontirib aytamanki, bu hech qachon roʻy bermaydi", — dedi Karni.

U saylov kampaniyasi davomida aytgan soʻzlarini yana bir bor takrorlab, Kanada va AQSh oʻrtasidagi munosabatlar tubdan oʻzgarganini taʼkidladi.

“Amerika xiyonatidan olingan zarba ortda qoldi, ammo bu saboqlarni hech qachon unutmasligimiz kerak. Biz, eng avvalo, oʻz manfaatlarimizni oʻylashimiz va, eng muhimi, bir-birimizga gʻamxoʻrlik qilishimiz kerak”, — deya qoʻshimcha qildi u.

Maʼlumot oʻrnida, 60 yoshli sobiq Markaziy bank rahbari Mark Karni oʻtgan oy sobiq Bosh vazir Jastin Tryudo isteʼfoga chiqqanidan soʻng partiya yetakchiligi uchun oʻtkazilgan saylovda katta ustunlik bilan gʻalaba qozonib, Trampga qarshi kayfiyat toʻlqinini boshlab berdi. U AQSh Prezidentining Kanadani “51-shtat” sifatida qoʻshib olish tahdidlariga qarshi chiqdi va mamlakat mudofaasini oʻz siyosiy dasturining markaziy nuqtasiga aylantirdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid