Andijonda byudjetdan 23 mlrd soʻmdan oshiq pul ajratiladi
Uning asosiy qismi Respublika byudjetidan olingan uzoq muddatli ssudalarni qaytarishga sarflanadi.

Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi pul ajratish boʻyicha qarorni imzoladi. Qaror 2025 yil 28 aprel kuni imzolangan.
Unga koʻra, Andijon viloyati viloyat byudjetining 2025 yil 1-chorak daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi hisobidan:
- viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” DUKga Andijon shahar Mustaqillik shoh koʻchasidagi “Devonaboy” masjidini qurilish-rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlar uchun 1,0 (bir) milliard soʻm;
- viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasiga Respublika byudjetidan olingan uzoq muddatli byudjet ssudalarini (foiz toʻlovlari bilan birga) qaytarish uchun 22 169,0 (yigirma ikki milliard bir yuz oltmish toʻqqiz) million soʻm; jami 23 169,0 (yigirma uch milliard bir yuz oltmish toʻqqiz) million soʻm miqdorida mablagʻlar ajratiladi.
Viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” DUK (A.Jumaxunov)ga ajratilgan mablagʻlarni maqsadli va samarali ishlatilishini taʼminlash yuklatilgan.