platina.uz
Jamiyat

Rossiyada migrantlarning huquqlari boʻyicha muhim yigʻilish boʻlib oʻtadi

Unda Bosh prokuratura, DXX, Migratsiya agentligi va boshqa tashkilotlar vakillari qatnashadi. 

Rossiyada migrantlarning huquqlari boʻyicha muhim yigʻilish boʻlib oʻtadi

Oʻzbekiston Respublikasi vazirlik va idoralari delegatsiyasi Bosh prokuror oʻrinbosari rahbarligida Rossiyaga yoʻl oldi.

Ular mehnat migratsiyasi va migrantlar huquqlarini himoya qilish masalalari boʻyicha idoralararo ishchi guruhning birinchi yigʻilishida ishtirok etadi.

Ishchi delegatsiya tarkibiga Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar, Ichki ishlar va Sogʻliqni saqlash vazirliklari vakillari kiritilgan.

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi vaqtlarda Rossiyada migrantlarga tazyiq kuchaygani qayd etilmoqda.

Shuningdek, muhojirlar farzandlarining maktabga qabul qilinishi ham qiyinlashtirildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid