Oʻzbekiston fuqarolari uchun BAAga kirishda taqiq qoʻyilmagan
TIV vakili rasmiy bayonot berdi.

Oʻzbekiston fuqarolarining BAAga kkirishi taqiqlanmagani aytildi.
"Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston fuqarolarining BAAGA kirishi taqiqlangani haqida tarqalayotgan xabarlar asossiz va feykdir.
Oʻzbekiston va BAA oʻrtasidagi mavjud vizasiz tartib oʻz kuchida qolmoqda. Rasmiy manbalar bunday choralar joriy etilgani haqida hech qanday maʼlumot bermagan.
Faqat rasmiy va tasdiqlangan manbalarga ishonishingizni soʻrab qolamiz", deyiladi Oʻzbekiston TIV xabarida.
Eslatib oʻtamiz, avval Dubayda oʻzbekistonliklar ishtirokida pichoq roʻy bergan va BAA vizasiz rejimni bekor qilishi ehtimoli maʼlum boʻlgandi.