platina.uz
Jamiyat

Mirobod tumanida omborxonalardan biri yonib ketdi

Yongʻin natijasida omborxonaning taxminan 500 kv.m maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan. 

Mirobod tumanida omborxonalardan biri yonib ketdi

Mirobod tumanidagi omborxonalardan biri yonib ketdi.

28 aprel kuni soat 07:00 da Toshkent shahar, Mirobod tumani, “Abdurauf Fitrat” MFY, G.Aliyev koʻchasida joylashgan qurilish mahsulotlari saqlanayotgan omborxonalarning birida yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida FVBga xabar qilingan.

Shunga koʻra yongʻin-qutqaruv ekipajlari hodisa joyiga yetib borib, yongʻin oʻchirilgan.

Yongʻin natijasida omborxonaning taxminan 500 kv.m maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan.

Yongʻinni bartaraf etishga 12 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.

Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yongʻin oqibatida tan-jarohati olganlar yoʻq.

Voqea joyiga Toshkent shahar va tuman FVB rahbar xodimlari chiqqan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid