“Issiqliktaʼminoti” boshqaruvi raisiga oʻrinbosarlar tayinlandi
Avvalroq Ilhom Toʻrayev jamiyatga rais etib tayinlangandi.

Prezident qarori bilan tashkil etilgan “Issiqliktaʼminoti” AJ boshqaruv raisiga oʻrinbosarlar tayinlandi.
Sultonov Sherzod Rahimbekovich — boshqaruv raisining muhandislik va innovatsiyalarni joriy qilish boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Xikmatov Alijon Xamidullayevich — boshqaruv raisining moliya-iqtisod, raqamli rivojlantirish va korporativ aloqalar boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.
Avvalroq, Toʻrayev Ilhom Habibullayevich jamiyat boshqaruv raisi etib tayinlangani xabar qilingandi.