Shavkat Mirziyoyev Eron prezidentiga hamdardlik bildirdi
26 aprel kuni Erondagi Bandar-Abbos portidagi portlashda kamida 25 kishi halok boʻldi.

Shavkat Mirziyoyev Eron prezidentiga hamdardlik bildirdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eronning Bandar-Abbos shahridagi Shahid-Rajoiy porti hududida roʻy bergan portlash oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar koʻrilgani munosabati bilan Prezident Masʼud Pezeshkiyonga taʼziya maktubi yoʻlladi.
Davlatimiz rahbari vafot etganlarning yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jarohat olganlar tez fursatda shifo topishini tiladi.
26 aprel kuni Erondagi Bandar-Abbos portidagi portlashda kamida 25 kishi halok boʻldi. Yuzlab kishilar jarohatlandi.