platina.uz
Jamiyat

Qashqadaryoda ham ichimlik suvi narxi oshadi

Oqova suv xizmatlari uchun narxlar esa ikki barobar koʻtariladi. 

Qashqadaryoda ham ichimlik suvi narxi oshadi

Qashqadaryo viloyatida ichimlik suvi va oqava suv xizmatlari narxi koʻtariladi. Bu haqda 2025 yil 25 aprel kuni Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashi qarorida keltirilgan.

Qaror bilan yangi narxlar tasdiqlandi.

Hozirda Qashqadaryoda aholi uchun 1 metr kub suv narxi 2500 soʻmni tashkil etadi. Yangi narx 3500 soʻmni tashkil etadi. Ulgurji isteʼmolchilarga esa narx 11 ming soʻmgachv oshadi (hozirda 10 ming soʻm).

Byudjet tashkilotlarida bu miqdor mos ravishda 6 ming va 7,5 ming soʻmni tashkil etadi.

Oqova suv: aholi uchun 1500 soʻmdan 3000 soʻmga koʻtariladi. Byudjet tashkilotlarida esa 2500 soʻmdan 5000 soʻmga oshadi. Ulgurji isteʼmolchilarda esa 5 ming soʻmdan 10 ming soʻmga koʻtariladi. Mazkur narxlar QQSsiz keltirilgan.

Jami 1 km uzoqlikka 1 metr kub ichimlik suvni yetkazib berish 14 275 soʻmga yetadi.

Mazkur narxlar OAVda eʼlon qilingandan 15 kun oʻtib kuchga kirishi belgilangan.

Eslatib oʻtamiz, avval Fargʻona viloyatida ham ichimlik suvi qimmatlagandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid