"El-klassiko" oldidan "Real" va hakamlar oʻrtasida mojaro yuzaga keldi
Qirollik klubi televideniyesida hakam Rikardo de Burgosning "Real Madrid" zarariga qilgan xatosi aks etgan video bir necha marta namoyish etilgan.

"El Klassiko"ga tayinlangan hakamlar oʻyindan oldin matbuot anjumanida ishtirok etishdi.
Oʻyin uchun tayinlangan VAR hakami Pablo Gonsalesning ushbu soʻzlari" Real Madrid"ning tanqidiga sabab boʻldi: "Real TV bunday videolarining oxiri nima bilan tugashini, oqibatlarini tushunishi kerak".
Gap shundaki, "Real Madrid" TV kanalida fevral oyidagi El Klassikoga tayinlangan VAR tizimi hakami Rikardo de Burgosning "Real Madrid" zarariga qilgan xatosi aks etgan video bir necha marta qoʻyilgan.
Eslatib oʻtamiz, ushbu hakam "Real Madrid" va "Barselona" oʻrtasidagi final bahsiga bosh hakam etib belgilangan.
Klub hakamning bu fikrini "Real Madrid"ga nisbatan ochiq va yaqqol dushmanligini koʻrsatmoqda deydi bayonotida.
Maʼlumot oʻrnida, jamoalar shu paytgacha umumiy 259 ta rasmiy oʻyinlarda toʻqnash kelishgan va ularning 105 tasida" Real Madrid" gʻalaba qozongan, 102 ta oʻyinda "Barselona"ning qoʻli baland kelgan boʻlsa, 52 ta oʻyinda jamoalar murosa yoʻlini tanlagan.
Kopa del Rey finalida esa 7 marta toʻqnashuv boʻlgan, ulardan 4 ta oʻyinda" Real Madrid" gʻalaba qozongan boʻlsa 3 ta oʻyinda "Barselona"ning qoʻli baland kelgan.
Oxirgi marta Kopa del Rey oʻrtasidagi bahs 2014 yil 16 aprel boʻlib oʻtgan va" Real Madrid" 2:1 hisobida gʻalaba qozongan. Ushbu oʻyin Garet Beylning mashhur solo goli orqali eslanadi.
Ayni damda "Barselona" La liga turnir jadvalida 76 ochko bilan 1-oʻrinni egallab turibdi. "Real Madrid" esa 4 ochkolik farq bilan ortda qolmoqda.