Buxoroda madaniy meros obʼektlari restavratsiyasiga 47 mlrd soʻmdan oshiq pul ajratiladi
Magʻoki Attori masjidiga 12 mlrd 190 mln soʻm, Sadriddin Ayniy teatriga esa 11 mlrd 390 mln soʻm ajratiladi.

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov mablagʻ ajratish boʻyicha farmoyishni imzoladi. Unga koʻra Buxorodagi 8 ta madaniy meros obʼektlarini restavratsiya qilish uchun 47 mlrd 300 mln soʻm mablagʻ ajratiladi.
Farmoyish 2025 yil 25 aprel kuni eʼlon qilingan.
Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining Buxoro viloyati boshqarmasi (M.Abdiyev) ajratilgan mablagʻlarni maqsadli ishlatilishi hamda asossiz va noqonuniy xarajatlarning oldini olinishi ustidan nazorat oʻrnatilishini taʼminlaydi.
Farmoyish ilovasiga koʻra, "Ahmadjon" karvonsaroyiga 5 mlrd 610 mln soʻm, Gavkushon madrasasiga 6 mlrd 640 mln soʻm, Magʻoki Attori masjidiga 12 mlrd 190 mln soʻm, Sadriddin Ayniy teatriga 11 mlrd 390 mln soʻm ajratiladi.

Farmoyish ijrosini nazorat qilish hokim oʻrinbosari B.Shahriyorov zimmasiga yuklangan.
Avvalroq Andijonda byudjetdan 10 mlrd soʻmga yaqin pul ajratilgandi.