platina.uz
Jahon

BMT mulozimi Isroil zarbasi oqibatida halok boʻldi

 24 aprelning oʻzida hujumlar sabab kamida 50 nafar falastinlik hayotdan koʻz yumgan. 

BMT mulozimi Isroil zarbasi oqibatida halok boʻldi

BMT mulozimi Isroil zarbasi sabab halok boʻldi.

BMTning Loyihalar xizmati ofisi xodimi boʻlgan bolgariyalik Marin Valev Marinov 19 mart kuni Isroil mudofaa kuchlarining Deir al-Balahdagi BMT binosiga qilgan hujumi oqibatida halok boʻldi.

Shu kunga qadar Isroil harbiy kuchlari bu voqeani tan olmagan edi. Biroq 24 aprel kuni oʻtkazilgan ichki tekshiruv natijasida, ularning harbiylari binoda “dushmanlar” bor deb oʻylab hujum qilgani aniqlandi.

Dastlabki topilmalar BMTga yuborilgan va Isroil mudofaa kuchlari ushbu holat yuzasidan tez orada toʻliq xulosa taqdim etilishini maʼlum qildi.

Isroil mudofaa kuchlari ushbu fojia yuzasidan chuqur afsusda ekanligini bildirib, kelajakda bunday holatlarning oldini olish va ularning takrorlanmasligiga harakat qilishlarini taʼkidladi.

“Biz marhumning oilasiga chuqur hamdardligimizni bildiramiz”, — deyiladi Isroil mudofaa kuchlari bayonotida.

Bolgariya tashqi ishlar vaziri Georg Georgiyev oʻz nutqida Isroil Bolgariyadan rasman uzr soʻraganini maʼlum qildi. Shuningdek, u marhum kapitan Marinovning yaqinlariga adolatli kompensatsiya berilishini soʻrab, bunday holatlar takrorlanmasligi kerakligini taʼkidladi.

BMTning Loyihalar xizmati ofisi ijrochi direktori Xorxe Morera da Silvaning fikricha, Isroilning bu harakati baxtsiz hodisa emas. Voqea sodir boʻlgan kuni Isroil mudofaa kuchlari hisobot taqdim etgan va barcha OAVdan yolgʻon xabarlar tarqatmaslikni, Deir al-Balahdagi BMT binosiga hujum qilinmaganini daʼvo qilgan edi.

Biroq tekshiruvlardan soʻng ular aybdorligi aniqlandi.

Gʻazo sogʻliqni saqlash vazirligining xabariga koʻra, 24 aprel kuni Isroilning hujumi natijasida kamida 50 nafar falastinlik halok boʻlgan.

Maʼlumot oʻrnida: 2023 yil 7 oktabr kunidan beri Gʻazo sektorida 51 300 nafar kishi halok boʻlgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid