platina.uz

UZTELECOM CLOUD: Bulut texnologiyalarining kuchi bepul sinov muddati bilan

UZTELECOM yangi UZTELECOM CLOUD xizmatini taqdim etdi. Endi bir necha marta “bosish” orqali virtual serverlar, xotira, platformalar va klasterlarni osonlik bilan olishingiz mumkin.

Biznes
2 kun avval, 11:27
UZTELECOM CLOUD: Bulut texnologiyalarining kuchi bepul sinov muddati bilan

Bulutli texnologiyalar xizmatlari masofadan ishlashni tashkil qilish va biznesingizdagi koʻplab vazifalarni qulay hal etishda yordam beradi. Bulutli texnologiyalar – bu Internet orqali resurslardan foydalanish imkonini beruvchi kuchli serverlar tarmogʻi.

Uning yordamida katta maʼlumotlarni tahlil qilish, maxfiy maʼlumotlarni xavfsiz saqlash, virtual stansiyalarni tashkil etish, jamoalar bilan birgalikda loyihalar ustida ishlash yoki hisob-kitoblarni tez amalga oshirish mumkin.

UZTELECOM CLOUD – bu katta loyihalar uchun ishonchli bulutli texnologiyalar platformasi boʻlib, unda barcha kerakli yechimlar jamlangan:

  • Oddiy va qulay interfeys, yagona monitoring tizimi va Pay as you GO usulidagi toʻlov;
  • Virtual serverlar – moslashuvchan sozlamalar, turli operatsion tizimlar tanlovi va xatolarga yuqori darajadagi chidamlilik;
  • S3 obʼekt xotirasi – xavfsiz, hujjat almashish uchun oddiy va qoʻshimcha xarajatlarsiz;
  • Managed Kubernetes – konteynerli ilovalar va yuqori yuklamali loyihalar uchun CI/CD tizimi;
  • Ilovalar platformasi – Github, Gitlab, Docker bilan ishlash, qulay boshqaruv va moslashuvchan kengaytirish;
  • Tez joylashtirish va doimiy yangilanishlarga ega keng xizmatlar marketpleysi.

Bulutli texnologiyalar yordamida foydalanuvchilar qoʻshimcha jihozlar sotib olmasdan xotirani osongina kengaytirishi, maʼlumotlarning ishonchli zaxira nusxasini taʼminlashi va nosozliklar yuzaga kelganda tez tiklash imkoniyatiga ega boʻlishi mumkin.

Foydalanuvchilar dunyoning istalgan nuqtasidan 24/7 kirish imkoniyatiga ega boʻlib, bu masofaviy xodimlarning ishini osonlashtiradi va ishning tezkorligini oshiradi.

UZTELECOM CLOUD xizmati yordamida siz ilgʻor bulutli texnologiyalar bilan gʻoyalarni yaratish, sinovdan oʻtkazish va amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlasiz. Virtual serverlarni ishga tushirish, ilovalarni joylashtirish va Kubernetes’ni boshqarishni oddiy, tez va xavfsiz qiladi.

Sinab koʻrishga tayyormisiz? cloud.uztelecom.uz saytida roʻyxatdan oʻting, bepul sinov muddatini faollashtiring va bugundan bulutli xizmatlardan foydalanishni boshlang!

Hoziroq ulaning va shaxsiy kabinetingizdagi sovgʻangizni oling!

Dam olish kunlarisiz qoʻllab-quvvatlash – jamoamiz har doim 1155 raqami orqali aloqada.

UZTELECOM – doimo Sizga yaqin boʻlgan operator!

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+