platina.uz
Jamiyat

Tashkilotlarning Ochiqlik indeksi eʼlon qilindi

 Eng yuqori samaradorlik koʻrsatkichlari “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda, eng yomon natija esa Andijon viloyati hokimligida qayd etildi.   

Tashkilotlarning Ochiqlik indeksi eʼlon qilindi

2024 yil yakunlari boʻyicha Ochiqlik indeksi eʼlon qilindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida ochiqlikni taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-154-son Farmoniga muvofiq, 2024 yil yakunlariga koʻra davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi asosida toʻplangan barcha koʻrsatkichlar atroflicha muhokama qilinib, yakuniy natijalar koʻrib chiqildi.

Maʼlumot oʻrnida: Indeks 84 ta baholash mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida shakllantirilib kelinmoqda.

Bu yilgi baholashda jami 98 ta ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirlik, qoʻmita, agentlik, inspeksiyalar va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati qamrab olindi.

Baholash natijalariga koʻra, 50 ta davlat organi “yashil” (2023 yilda 31 ta), 35 tasi “sariq” (43 ta) va 13 tasi “qizil” (29 ta) samaradorlik koʻrsatkichlarini qayd etdi. Joriy yil baholashda oʻtgan yilga nisbatan “yashil” toifada baholangan davlat idoralari koʻlami 21 %ga koʻpayib, “qizil” toifadagilar 15 %ga (ijobiy oʻsish koʻrsatkichlari boʻyicha) kamaygan.

Tashkilotlarning Ochiqlik indeksi eʼlon qilindi
Tashkilotlarning Ochiqlik indeksi eʼlon qilindi

Tashkilotlarning Ochiqlik indeksi eʼlon qilindi

Tahlillar koʻrsatishicha, bu yil reyting natijalari oʻrtacha 70 ballni tashkil etib, 2023 yilga nisbatan 8 ballga oshgan.

Eng yuqori samaradorlik koʻrsatkichlari “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ (91 ball), Soliq qoʻmitasi (90 ball), “Oʻzavtosanoat” AJ (89 ball) va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ (89 ball) tomonidan koʻrsatilgan.

Tashkilotlarning Ochiqlik indeksi eʼlon qilindi

Eng yuqori ijobiy oʻsish “Uzbekistan Airways ” AJ (+42 ball), Transport nazorati inspeksiyasi (+46 ball), Sport vazirligi (+47 ball), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (+52 ball) tomonidan qayd etilgan.

Respublika darajasida Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (32 ball), Gidrometeorologiya xizmati agentligi (45 ball), Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi (50 ball) va Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (51 ball) qayd etib, “qizil” toifada baholangan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid