platina.uz
Jamiyat

Samarqandda odam oʻldirgan avtoterrorchi qamoqqa olindi

YTH salkam 2 hafta oldin Rudakiy koʻchasida 28 yoshli haydovchi tomonidan sodir etilgan. U 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi kutilyapti.

Samarqandda odam oʻldirgan avtoterrorchi qamoqqa olindi

Samarqandda Lacetti haydovchisi piyodalar oʻtish yoʻlagidan oʻtayotgan 10 ga yaqin kishini, jumladan, bir nechta bolani urib yuborgan.

Samarqand viloyati IIBning xabar qilishicha, YTH 11 aprel kuni, yaʼni salkam 2 hafta oldin Rudakiy koʻchasida 28 yoshli haydovchi tomonidan sodir etilgan.

Hozir, yaʼni oradan 2 hafta oʻtib, unga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam oʻlimiga sabab boʻlishi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda

Haydovchi oʻz guvohnomasidan va 7 yilgacha ozodlikdan mahrum boʻlishi kutilyapti.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid