Oʻzbekistonlik qizning raqsi Hindistonda mashhurlikka erishdi
Foydalanuvchilar ijro tufayli qizni aktrisa Karina Kapurga oʻxshatishgan.

Oʻzbekistonlik qizaloq Karina Kapurning “Mening sevgilim” nomli raqsini ijro etib mashhurlikka erishdi. Bu haqda India Today yozmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda ajoyib ijro aks etgan video tarqaldi.
Instagramda tarqatilgan klipda Narmina Sodiqova oʻziga xos koʻrinishda chiqqan.
Uning raqs ifodalari Karina Kapurning kayfiyatiga koʻproq mos tushdi.
Qisqa klipda Narminaning 2000 yillarning boshlaridagi "Oh mening sevgilim" xitidagi raqsni mukammal tarzda ijro etgani koʻrsatilgan. Qiz oyoq harakatlaridan tortib, qoʻllarning ijrosigacha ijobiy taassurot qoldirdi.
Izohlarda "U hatto Karinaga oʻxshaydi","Hatto u bilan raqobatlashadi" kabi iliq fikrlar paydo boʻldi.
Qoʻshiqni asl variantda Rahul Sharma musiqasi va Anand Bakshi soʻzlari bilan Karina Kapur va Xritik Roshan ijro etgan. Kunal Kohli rejissyorlik qilgan film 2002 yilda chiqarilgandi.