platina.uz
Jahon

Moskvadagi portlashda rus generali halok boʻldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2021 yilda Yaroslav Moskalikka general unvonini bergandi. 

Moskvadagi portlashda rus generali halok boʻldi

Moskva viloyatidagi portlashda rossiyalik yuqori martabali harbiy halok boʻldi.

Telegramdagi Baza va Mash kanallarinig yozishicha, bu Bosh shtab Bosh operatsiyalar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari Yaroslav Moskalikdir.

2021 yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putin unga general-leytenant unvonini berdi. Maʼlumotlarga koʻra, u portlash sodir boʻlgan binodagi kvartirada yashagan. Portlagan mashina boshqa birovga tegishli boʻlgan.

25 aprel kuni taxminan soat 10:40 da Moskva viloyatining Balashixa shahrida Wolkswagen portladi. Portlash yaqin atrofdagi uyning derazalarini uchirib yuborgan.

“TASS” agentligi favqulodda xizmatlarga tayanib, portlash portlovchi qurilma tufayli sodir boʻlganini maʼlum qildi. Avvalroq agentlik portlash gaz balloni tufayli yuz bergan boʻlishi mumkinligini yozgandi — bu versiya koʻplab Telegram kanallarida ham paydo boʻlgan.

Portlashdan soʻng darhol Baza Telegram kanali bir kishi halok boʻlgani haqida xabar berdi, RIA Novosti agentligi esa faqat jarohatlanganlar haqida yozdi. “Kommersant” xabariga koʻra, portlash oqibatida ikki kishi halok boʻlishi mumkin.

Rossiya Federatsiyasi Tergov qoʻmitasi portlash boʻyicha jinoiy ish ochdi. Hozircha tergov qaysi modda boʻyicha olib borilishi maʼlum emas.

Eslatib oʻtamiz, 2024 yilda boshqa bir general Igor Kirillov ham portlash oqibatida halok boʻlgandi. Uning oʻlimida oʻzbekistonlik shaxs gumonlanib ushlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid