platina.uz
Jahon

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti poraxoʻrlikda ayblanmoqda

Mun Chje In 2017–2022 yillarda prezident sifatida faoliyat yuritgan va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan birmuncha iliq munosabat oʻrnatgandi. 

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti poraxoʻrlikda ayblanmoqda

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Mun Chje Inga nisbatan poraxoʻrlik boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Prokurorlar Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Mun Chje Inga nisbatan poraxoʻrlik boʻyicha jinoyat ishi ochdi.

U oʻzining kuyovini aviakompaniyaga ishga joylashtirishda pora berganlikda ayblanmoqda.

Prokurorlarning taʼkidlashicha, Mun oʻzining sobiq kuyovini, garchi u aviatsiya sohasida yetarli bilim va tajribaga ega boʻlmasa-da, davlat tomonidan moliyalashtiriladigan aviakompaniyaga rahbar lavozimiga tayinlagan. Uning sobiq kuyovi Seo 2018 va 2020 yillar oraligʻida ushbu lavozimda ishlagan va 217 million von (Janubiy Koreya valyutasi) yoki 115 ming dollar miqdorida oylik maosh olgan. Bundan tashqari, unga yashash joyi ham taqdim etilgan.

Bundan tashqari, sobiq parlament aʼzosi Li Sang-Jik ham poraxoʻrlik va mansab vakolatini suiisteʼmol qilish jinoyatlari boʻyicha ayblanmoqda. U shuningdek, 2022 yilda kompaniya mablagʻlarini oʻzlashtirgani uchun 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Li Sang Jik 2018 yilda Janubiy Koreyaning Kichik va oʻrtacha tadbirkorliklar hamda startaplar agentligiga rahbarlik qilgan va xuddi shu yili Seo “Thai Ester Jet” aviakompaniyasining boshligʻi boʻlgan.

Prokurorlarning maʼlum qilishicha, Seo oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmagan va koʻp hollarda oʻz ish joyini sababsiz tark etgan.

Mun Chje Ining qizi Mun Da-Hening yashash joyida oʻtgan yilning sentabr oyida poraxoʻrlikka oid reyd oʻtkazilgan edi.

Mun Chje In 2017–2022 yillar oraligʻida prezidentlik lavozimida faoliyat yuritgan va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan tinchlik sulhini imzolagani bilan yaxshi esda qolgan. Endilikda u ham siyosiy faoliyati isnod bilan yakunlangan Janubiy Koreya siyosatchilari roʻyxatidan joy oldi.

Eslatib oʻtamiz, Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yol ham aprel oyida harbiy holat boʻyicha qaror qabul qilgani uchun lavozimidan ozod etilgan va hozirda unga nisbatan ham jinoyat ishi ochilgan.

Hozirda Janubiy Koreyada prezident vazifasini bosh vazir Xan Duk So bajarib turibdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid