Hindiston Pokiston bilan chegarani yopmoqda
Pokiston fuqarolarining har qanday turdagi vizalari ham bekor qilindi.

Hindiston Pokiston bilan chegarani yopmoqda.
Kashmirdagi teraktdan soʻng Hindiston Pokiston bilan chegaradagi Attari nazorat-oʻtkazish punktini yopdi, deb xabar bermoqda mahalliy OAV.
Chegarani kesib oʻtganlar ushbu yoʻl orqali 2025 yilning 1 mayigacha qaytishlari mumkin, dedi Hindiston tashqi ishlar vaziri Vikram Misri.
Bundan tashqari, ikki davlat oʻrtasidagi suv taqsimoti toʻgʻrisidagi 1960 yildagi Hind suvlari shartnomasi “Pokiston transchegaraviy terrorizmni qoʻllab-quvvatlashni ishonchli va qaytarib boʻlmaydigan tarzda toʻxtatmaguncha” toʻxtatildi.
Hindiston hukumati Pokiston fuqarolarining vizalarini ham bekor qildi.
"Pokiston fuqarolariga SAARS vizasi sxemasi boʻyicha Hindistonga kirishiga ruxsat berilmaydi. Oʻtmishda Pokiston fuqarolariga berilgan barcha SPES vizalari bekor qilingan hisoblanadi. SPES vizasiga ega boʻlgan Hindistondagi har qanday Pokiston fuqarosiga Hindistonni tark etish uchun 48 soat vaqt bor”, - deyiladi bayonotda.
Yangi Dehlidagi Pokiston Oliy komissiyasining mudofaa, armiya, dengiz floti va havo kuchlari masalalari boʻyicha maslahatchilari personana non grata deb eʼlon qilindi. Ular bir hafta ichida mamlakatni tark etishlari kerak.
22 aprel kuni mashhur togʻli Pahalgam kurorti hududida qurollangan shaxslar bir guruh sayyohlarga qarata oʻt ochdi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 28 kishi halok boʻlgan.
Hujum uchun masʼuliyatni mintaqadagi demografik oʻzgarishlarga qarshi ekanini aytgan "Kashmir Qarshilik guruhi" oʻz zimmasiga oldi.