platina.uz
Jamiyat

Fargʻonada 1 maydan ichimlik suvi narxlari oshiriladi

Aholi uchun moʻljallangan suvning bir kub metri 3448 soʻmga yetadi. 

Fargʻonada 1 maydan ichimlik suvi narxlari oshiriladi

Xalq deputatlari Fargʻona viloyati kengashi qarori bilan hududda ichimlik va oqava suv narxlari oshirilmoqda.

Yangi narxlar 2025 yil 1 maydan amal qiladi.

Unga koʻra, aholi uchun ichimlik suvi (bir kub metr) 3448 soʻmga yetadi (QQS bilan). 2023 yilda bu narx 2128 soʻmni tashkil etgan. Byudjet tashkilotlari uchun bu narz 6944 soʻmni tashkil etadi. (2023 yilda bu miqdor 3350 soʻmni tashkil etgan). Oqava suv aholi uchun 728 soʻmga, byudjet tashkilotlari uchun 1736 soʻmni tashkil etadi.

"Bugungi kunda davlat dasturlari asosida viloyatda suvlashmagan aholi yashash punktlarini ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari bilan taʼminlash, qurib bitkazilgan ichimlik va oqova suv inshoatlari va tarmoqlari, jamiyat balansiga kirim qilinishi natijasida qoʻshimcha yillik amortizatsiya (eskirish) xarajati 48.2 mlrd soʻmga ortishi, mutanosib ravishda jamiyatning ishchi-xodimlariga toʻlanayotgan ish haqi miqdori ham oshib, ish haqi xarajatlarini 2023 yilga nisbat 48% ga yaqin oʻsishi natijasida yillik ish haqi fondi 120,0 mlrd soʻmga ortishi va Hukumat kafolati ostida olingan kreditlarni qaytarish xarajatlari yillik 9,6 mlrd.soʻmga ortishi, elektr energiya xarajatlari 2024 yilda 89,6 mlrd soʻmni tashkil qilgan boʻlsa, joriy yil 1 maydan elektr energiya tarifining ortishi natijasida 96.9 mlrd.soʻm xarajat qoʻshimcha qoʻshilishi natijasida suv taʼminoti va oqova suv tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan suv taʼminoti va oqova suv xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni qayta koʻrib chiqish talab etilmoqda", deyiladi qarorda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid