Turkiyada 6,2 magnitudali zilzila roʻy berdi
Oʻzbekistonning Istanbuldagi konsulxonasi fuqarolarni osoyishtalikka va xavfsizlik choralariga rioya qilishga chaqirdi.

Istanbulda 6,2 magnitudali zilzila roʻy berdi.
Guvohlar Turkiyadagi zilzila oqibatlari aks etgan videolavhalarni chop etishmoqda: kadrlarda bino ichidagi devorlarning chayqalayotganini koʻrish mumkin, baland shovqin eshitiladi.
Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya Marmara dengizida, Istanbul viloyati qirgʻoqlarida 6,2 magnitudali zilzila sodir boʻlganini maʼlum qildi.
Respublika Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar departamenti yana silkinishlar boʻlishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Mamlakat aholisiga shikastlangan binolarga kirmaslik va xavfli obʼektlar yaqinida boʻlmaslik tavsiya qilindi.
Hozirda jabrlanganlar va qurbonlar haqida maʼlumotlar yoʻq.
Oʻzbekistonning Istanbuldagi konsulxonasi fuqarolarni osoyishtalikka va xavfsizlik choralariga rioya qilishga chaqirdi.