platina.uz
Siyosat

Italiya bosh vazirining Oʻzbekistonga tashrifi qoldirildi

26-27 aprel kunlariga rejalangan birinchi Markaziy Osiyo-Italiya sammiti tadbirlari ham bekor qilindi. 

Italiya bosh vazirining Oʻzbekistonga tashrifi qoldirildi

Italiya Bosh vaziri Oʻzbekiston va Qozogʻistonga tashrifini kechiktirdi.

Italiya Bosh vaziri Jorja Melonining Oʻzbekiston va Qozogʻistonga tashrifi, 26-27 aprel kunlariga rejalangan birinchi Markaziy Osiyo-Italiya sammiti tadbirlari bekor qilindi.

Bu uning Rim papasi Fransisk vafoti munosabati bilan oʻtkazilgan motam tadbirlaridagi ishtiroki bilan bogʻliq.

“Tashrifning yangi sanalari kelishib olinmoqda, biz ularni keyinroq eʼlon qilamiz”, — deyiladi rrasmiy xabarda.

Papa Fransiskning dafn marosimi 26 aprel kuni boʻlib oʻtishi belgilandi.

Bu haqda Vatikan OAVlari xabar berdi. Marosimda AQSh prezidenti Donald Tramp va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Rim papasi 21 aprel kuni 88 yoshida vafot etdi. U besh hafta davomida ikkiyoqlama pnevmoniyaga qarshi kurashib, yarim oy avval shifoxonani tark etgandi.

Uning dafn marosimi shanba kuni Vatikan vaqti bilan soat 10:00 da, Avliyo Pyotr maydonida boʻlib oʻtadi va katta ommaviy yigʻilish kutilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid