Gulnora Karimova ozodlikka chiqqani tasdiqlanmadi
Avvalroq tarmoqda uning ozodlikka chiqqani haqida xabarlar tarqalib ketgandi.

Tarmoqlarda Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova ozodlikka chiqqani haqida xabarlar tarqalgan. Platina.uz manbasiga koʻra, ushbu xabarlar yolgʻon.
"Gazeta.uz" ham bu xabar feyk ekanini maʼlum qildi. Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov "asossiz va haqiqatga toʻgʻri kelmaydi", degan.
Gulnora Karimovaga nisbatan 2015 yilda 5 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan, keyinroq – 2019 yilda u koloniyaga oʻtkazilgan. 2020 yil mart oyida u yangi jinoyatlarda ayblanib, yana 13 yil 4 oyga ozodlikdan mahrum etilgandi.
2024 yil dekabrda, yangi yil bayrami arafasida u 21-sonli jazoni oʻtash koloniyasidan 42-sonli manzil koloniyaga oʻtkazilgani haqida xabar berilgan edi.