Osiyo chempionlari Toshkentda tantanali kutib olindi
Ularga davlat mukofotlari va Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar topshirildi.

Toshkentda Osiyo chempionlari kutib olindi.
21 aprel kuni Toshkent xalqaro aeroportining uchinchi terminalida Saudiya Arabistonida futbol boʻyicha oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston U-17 terma jamoasini tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston terma jamoasiga yoʻllagan tabriklarini Bosh vazir Abdulla Aripov oʻqib eshittirdi.

Shuningdek, tantanali marosim doirasida Prezidentning Farmonlariga binoan oʻsmirlar terma jamoasi futbolchilari va bosh murabbiyiga Davlat mukofotlari hamda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan avtomobillar topshirildi.
