Ikkilamchi bozorda avtomobillar narxi tushishda davom etmoqda
"Cobalt"ning oʻrtacha foydalanilgani 339 dollarga, "Malibu"ning kam foydalanilgani 313 dollargacha tushgan.

Ikkilamchi avtomobil bozorida ikki oy ichida narxlar qanday oʻzgargani tahlil qilindi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2025 yilning mart oyida ikkilamchi bozorda avtomobillar narxining oʻzgarishi tahlil qilindi.
Mahalliy ommabop avtomobillar narxi.
Joriy yilning mart oyida mahalliy ommabop avtomobillarning oʻrtacha narxi pasayishda davom etib, yanvar oyidagiga nisbatan quyidagicha arzonlashdi:
- "Onix": koʻp foydalanilgani $1000 ga ($13 172 dan $12 170 ga), kam foydalanilgani $400 ga ($14 900 dan $14 500 ga);
- "Lacetti": koʻp foydalanilgani $300 ga ($13 500 dan $13 200 ga), oʻrtacha foydalanilgani $200 ga ($14 500 dan $14 300 ga), kam foydalanilgani $150 ga ($15 000 dan $14 850 ga)
-"Cobalt": oʻrtacha foydalanilgani $339 ga ($12 339 dan $12 000 ga), koʻp foydalanilgani $100 ga ($11 600 dan $11 500 ga), kam foydalanilgani $70 ga ($12 750 dan $12 680 ga);
- “Nexia”: oʻrtacha foydalanilgani $600 ga ($11 500 dan $10 900 ga); koʻp foydalanilgani $284 ga ($10 784 dan $10 500 ga);
- "Spark": oʻrtacha foydalanilgani $100 ga ($10 500 dan $10 400 ga), koʻp foydalanilgani $100 ga ($9 600 dan $9 500 ga);
- "Damas": oʻrtacha foydalanilgani $134 ga ($8 000 dan $7 866 ga), kam foydalanilgani $61 ga ($8 061 dan $8 000 ga) arzonlashgan.
Mahalliy lyuks avtomobillar narxi.
Mahalliy lyuks avtomobillar narxi yanvar oyidagiga nisbatan quyidagicha oʻzgargan:
- "Equinox": kam foydalanilgani $2400 ga ($35 500 dan $33 100 ga), oʻrtacha foydalanilgani $1000 ga ($31 000 dan $30 000 ga), koʻp foydalanilgani $466 ga ($27 300 dan $26 834 ga);
- "Malibu": kam foydalanilgani $313 ga ($32 313 dan $32 000 ga);
- "Tracker": koʻp foydalanilgani $723 ga ($16 923 dan $16 200 ga), oʻrtacha foydalanilgani $382 ga ($17 882 dan $17 500 ga) arzonlashgan.
Shunigdek, oʻrtacha foydalanilgan "Malibu" narxi $150 ga ($29 150 dan $29 300 ga) oshgan boʻlsa, koʻp foydalanilgan "Malibu" ($26 000) va kam foydalanilgan "Tracker" ($18 000) narxida oʻzgarish kuzatilmagan.
Elektromobillar narxi.
Mazkur davrda yangi va oʻrtacha foydalanilgan elektromobillar narxining tushishi tezlashdi. Xususan:
- BYD "E2": yangisi $800 ga ($16 800 dan $16 000 ga),
- BYD "Han": oʻrtacha foydalanilgani $1100 ga ($35 000 dan $33 900 ga), yangisi $650 ga ($32 150 dan $31 500 ga);
- BYD "Song Plus DM-i Champion": oʻrtacha foydalanilgani $1200 ga ($25 500 dan $24 300 ga), yangisi $600 ga ($28 200 dan $27 600 ga);
- BYD "Song Plus EV Champion": yangisi $675 ga ($28 000 dan $27 325 ga), oʻrtacha foydalanilgani $500 ga ($26 000 dan $25 500 ga);
- BYD "Yuan Up": yangisi $200 ga ($20 800 dan $20 600 ga, oʻrtacha foydalanilgani $225 ga ($19 000 dan $18 775 ga) arzonlashgan.
Xorijiy avtomobillar narxi.
Joriy yilning mart oyida yanvar oyiga nisbatan xorijiy avtomobillardan Kia "Sportage", "K5", "Sorento" va "Seltos"ning narxlari boshqa avtomobillar narxlariga nisbatan sezilarli darajada arzonlashdi. Xususan:
- Kia "Sorento": koʻp foydalanilgani $3000 ga ($38 000 dan $35 000 ga), kam foydalanilgani $3000 ga ($47 500 dan $44 500 ga);
- Kia "Sportage": kam foydalanilgani $1750 ga ($31 750 dan $30 000 ga), koʻp foydalanilgani $1233 ga ($29 733 dan $28 500 ga), oʻrtacha foydalanilgani $678 ga ($31 178 dan $30 500 ga),
- Kia "K5": oʻrtacha foydalanilgani $1200 ga ($27 500 dan $26 300 ga), koʻp foydalanilgani $900 ga ($26 000 dan $25 100 ga),
- Kia "Seltos": oʻrtacha foydalanilgani $1350 ga ($26 000 dan $24 650 ga), koʻp foydalanilgani $500 ga ($24 000 dan $23 500 ga), kam foydalanilgani $550 ga ($25 800 dan $25 250 ga) arzonlashdi.