Gurbanguli Berdimuhamedov Samarqandga keladi
Boʻlajak muzokaralar kun tartibidan Oʻzbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va boshqalar oʻrin olgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov 23-24 aprel kunlari tashrif bilan Samarqand shahrida boʻladi.
Boʻlajak muzokaralar kun tartibidan Oʻzbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, koʻp qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda kengaytirish masalalari oʻrin olgan.
Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.