platina.uz
Jamiyat

DXX maktabgacha taʼlim, FVB va ekologiya boʻlimi boshliqlarini qoʻlga oldi

“Yangiyoʻl” TIF bojxona posti inspektori esa 2700 dollar bilan ushlangan. 

DXX maktabgacha taʼlim, FVB va ekologiya boʻlimi boshliqlarini qoʻlga oldi

DXX tuman MMTB, FVB, Ekologiya boʻlimi boshliqlari va bojxona inspektorini pora bilan ushladi.

DXXning Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda poytaxtimizdagi tumanlardan birining maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi umumiy oʻrta taʼlim maktabida tarix fanidan saboq beruvchi oʻqituvchini mazkur tumandagi maktablardan biriga direktor lavozimiga tayinlash evaziga oʻz xizmat xonasida 3 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

DXX va IJQKD xodimlari hamkorligida Toshkent viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, “Yangiyoʻl” TIF bojxona posti inspektori xizmat vazifasini suiisteʼmol qilgan holda, Qozogʻiston Respublikasidan bugʻdoy olib kelib, qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi MChJ tomonidan qoʻshni davlatdan temir yoʻl orqali olib kirilayotgan bugʻdoy mahsulotlari ortilgan vagonlarni bojxona koʻrigi hamda rasmiylashtiruvidan muammosiz oʻtkazib berish evaziga uchinchi shaxs orqali 2700 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Samarqand viloyati Jomboy tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda, 1988 y.t. fuqaroga yashash xonadonida xususiy maktabgacha taʼlim muassasasi ochishi uchun uning turar-joyini yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa berish va kelgusida rahnamolik qilish evaziga taʼmagirlik yoʻli bilan 200 AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Samarqand viloyati Paxtachi tumani Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boʻlimi boshligʻi mahalliy masʼuliyati cheklangan jamiyatga tumanda karʼer faoliyatini amalga oshirishi uchun ekologik xulosa berish, Qarnab qishlogʻidagi “Nakvoysoy” hududidan tosh-shagʻal qazib olishiga ruxsat berish hamda kelgusida MChJ faoliyatiga rahnamolik qilish uchun 2 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid