platina.uz
Jamiyat

Andijonda byudjetdan 10 mlrd soʻmga yaqin pul ajratiladi

Harbiy-maʼmuriy sektorlarni rivojlantirish jamgʻarmasiga 5 mlrd soʻm beriladi. 

Andijonda byudjetdan 10 mlrd soʻmga yaqin pul ajratiladi

Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi qarori byudjetning 2025 yil 1-chorak orttirib bajarilgan qismidan 9 mlrd soʻm ajratiladi. Qaror 2025 yil 21 aprel kuni eʼlon qilingan.

Unga koʻra, Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasiga piyodalar harakatini tartibga solish uchun avtomobil qatnov qismi oʻrtasiga temir panjara oʻrnatish bilan bogʻliq xarajatlarga 2,0 (ikki) milliard soʻm;

- viloyat hokimligi ishlar boshqarmasiga Andijon viloyatida “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimlarini yaratish va rivojlantirish xarajatlariga 1,0 (bir) milliard soʻm;

- viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” DUKga Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Andijon viloyati boshqarmasi maʼmuriy bino-inshootlarini rekonstruksiya qilishga 1,0 (bir) milliard soʻm;

-viloyat hokimligi ishlar boshqaruvchisiga Harbiy-maʼmuriy sektorlarni rivojlantirish jamgʻarmasiga chegara harbiy qismlari qurilish taʼmirlash va maxsus texnikalar uchun 5,0 (besh) milliard soʻm jami 9,0 (toʻqqiz) milliard soʻm miqdorida mablagʻlar ajratiladi.

Qaror ijrosini nazorat qilish kengash komissiyasi va viloyat hokimi birinchi oʻrinbosari D.Karimov zimmasiga yuklangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid