
Rim papasi Fransisk vafot etdi. Bu haqda Reuters Vatikanga asoslanib xabar berdi.
U bu lavozimni 2013 yilda egallagan va tarixda Amerika qitʼasidan birinchi papa boʻlgan - papa Argentinada tugʻilgan.
Eslatib oʻtamiz, 6 aprel kuni papa uzoq davom etgan xastalikdan soʻng birinchi marta nogironlar aravachasida avliyo Pyotr maydoniga yetib kelgan holda omma oldiga chiqdi.
Papa ikki tomonlama pnevmoniyadan qariyb 40 kun davom etgan davolanishdan soʻng 23 mart kuni shifoxonadan chiqarilgan. 88 yoshda boʻlganligi sababli shifokorlar Rim papasiga ikki oylik dam olishni tavsiya qilishgandi.
Maʼlumotlarga koʻra, Fransisk kislorod terapiyasi tufayli ovoz bilan bogʻliq muammolarga duch kelgan.