platina.uz
Jamiyat

Olti yilga qamalgan sobiq kotibiyat mudiri oqlandi

Azatbay Chavdurbayev 2003-2012 yillarda Xorazm viloyati hokimi birinchi oʻrinbosarining kotibiyat mudiri sifatida ishlagan.  

Olti yilga qamalgan sobiq kotibiyat mudiri oqlandi

Xorazm viloyati hokimi birinchi oʻrinbosarining sobiq kotibiyat mudiri oqlandi.

Xorazm viloyat sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasining hukmiga muvofiq 69 yoshli Azatbay Chavdurbayevning huquqlari tiklanib, oqlandi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi.

U 2003-2012 yillarda Xorazm viloyati hokimi birinchi oʻrinbosarining kotibiyat mudiri lavozimida ishlagan. 2012 yilda sud hukmi bilan JKning 210-moddasida ayblanib, 6 yillik qamoq jazosiga hukm etilgan.

2024 yilda daʼvo arizasi bilan viloyat sudiga murojaat qilinadi. Uch nafar sudyadan iborat sudlov hayʼati ishni koʻrib chiqqan. Natijada u aybsiz deb topilib, oqlandi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid