Izboskan tumaniga hokim tayinlandi
Abror Ahmadaliyev Andijon viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi

Ahmadaliyev Abrorbek Qosimjonovich
Andijon viloyati Izboskan tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Abror Ahmadaliyev 1988 yilda Izboskan tumanida tugʻilgan. 2012 yilda Andijon mashinasozlik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Andijon viloyati iqtisodiyot bosh boshqarmasi 1-toifali mutaxassisi, Andijon viloyati hokimligi axborot-tahlil xizmati bosh mutaxassisi, Andijon viloyati hokimligi moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha kotibiyatining mudiri, Andijon viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari - Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi vazifalarida faoliyat olib borgan.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Andijon viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Izboskanning avvalgi hokimi Elyorbek Karimov Andijon shahri hokimi boʻlgandi.