platina.uz
Jamiyat

Buxoroda besh nafar IIB amaldori ishdan olindi

Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpoʻlatov viloyatda masʼul rahbarlar va shaxsiy tarkib ishtirokida yigʻilish oʻtkazgan. 

Buxoroda besh nafar IIB amaldori ishdan olindi

Buxoroda qator IIB amaldorlari ishdan olindi va jazolandi.

Buxoro viloyatida oʻtkazilgan kompleks inspektorlik tekshiruvi natijalari boʻyicha Ichki ishlar vaziri general-mayor Aziz Toshpulatov tomonidan, viloyat hamda tuman-shahar ichki ishlar organlarining masʼul rahbarlari va shaxsiy tarkibi ishtirokida hisobot yigʻilishi oʻtkazildi.

Unda xizmat faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan bir qator rahbarlarga nisbatan intizomiy taʼsir choralari qoʻllanildi.

Jumladan, Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan viloyat IIB boshligʻining oʻrinbosari – Tergov boshqarmasi boshligʻi, viloyat IIB Huquqiy statistika va tezkor hisob maʼlumotlar markazi boshligʻi, Buxoro shahar IIO FMB boshligʻining oʻrinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi, Gʻijduvon tumani Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari – Tezkor qidiruv xizmati boshligʻi hamda yana bir oʻrinbosari — Tergov boʻlimi boshligʻi, shuningdek Kogon tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari – Tezkor qidiruv xizmati boshligʻi egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻining oʻrinbosari – Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi, Tergov boshqarmasi boshligʻining ikki nafar oʻrinbosari, viloyat IIB Kotibiyat boshligʻi, Gʻijduvon tumani Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi, Kogon tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi va uning oʻrinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlariga intizomiy jazolar qoʻllanildi.

Eslatib oʻtamiz, mart oyida Qashqadaryoda ham mansabdorlar ishdan olingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid