Bir-birini tan olmaydigan doʻstlar – sionist va fashistlar
Hitler yahudiylarni qirgʻin qilgani bilan tilga tushgani aytiladi. Aslida esa nemis va sionistlar maxfiy ittifoqchi boʻlishgan. Bir-birini azaldan qoʻllab kelishgan.

Bir paytlar Falastinga koʻchib kelib, endi uning aholisini genotsid qilayotgan, chetga haydab chiqarayotgan sionistlarning oʻz qonxoʻrliklarini oqlash uchun eskirib, million marta pesh qilingani uchun, yemirilib, zanglab ketgan bir “temir argumenti” bor: yahudiylar ikkinchi jahon urushida fashizm va natsistlardan eng koʻp jabr koʻrgan jafokash millat, shu bois oʻz xavfsizligini taʼminlash uchun istalgan choralarni koʻrishga haqli emish! Yaʼni, sionistlar har qanday qonunlar va axloq qoidalariga tupurib qoʻygan holda istagancha buzgʻunchilik va qotillik qilishga haqli emish.
Biroq tarixga nazar solsak, oʻsha davrdagi ehtimoliy qirgʻinlar uchun hozirgacha Germaniyadan har yili millionlab tovon pulini qurtdek sanab olayotgan sionistlarning ayni oʻsha davrda fashistlar bilan yaqindan hamkorlik qilganini, yahudiy olimlari va boylari natsistlarning yuksalishi hamda Adolf Hitlerning biz bilgan yovuz Hitler boʻlib yetishuviga yordam bergani haqida eshitganmisiz?
Natsizm va sionizm doʻstligi
Mana bu esdalik medaliga bir nazar soling. Nimadir gʻalati tuyulmayaptimi? Topdingiz, bir-biriga ashaddiy dushman deb hisoblanuvchi sionizm va natsizm timsollari bitta medalga jo qilingan.
Bu medalning bir tomonida Dovud yulduzi, ikkinchi tomonida esa svastika tasvirlangan. U fashistlar Germaniyasining 1933-1945 yillardagi Xalq maorifi va propaganda Reyxsministri, 1945 yildagi 23-reyxkansleri Yozef Gebbels (1897-1945) buyrugʻi bilan zarb etilgan boʻlib, bu yahudiy olimi, baron Leopold Its Edler fon Mildenshtaynning yozuvchilik faoliyatiga berilgan baho sifatida zarb etilgan. Mildenshtayn 1933 yili Falastin zamini boʻylab olti oylik sayohat davomida bir necha yahudiy aholisi yashaydigan manzillarga borib, bu haqda bir qator maqolalar yozgan. Ushbu maqolalar Yozef Gebbels tahririda chiqadigan “Angriff” (“Hujum”) jurnalida chop etilgan. Maqolalar turkumi “Natsist-sotsialistning Falastinga sayohati” deb nomlangan.

Sionist va natsistlarni nima bogʻlab turgan?
Shu oʻrinda mantiqqa zid keladigandek koʻringan bir faktni sharhlash joiz.
Xoʻsh, Hitler va natsistlarning yahudiylarni yomon koʻrishgani aniq, nega unda sionistlar bilan hamkorlik qilishgan? Azbaroyi nima uchun, degan savollar tugʻilishi tabiiy.
Avvalo shuni anglash kerakki, Hitlerning siyosiy-mafkuraviy manbasi boʻlmish sotsial-natsionalizm – sotsializm va kommunizmdan ruhlanib yaratilgan taʼlimot. Bu taʼlimotlarning gʻoyaviy otalaridan biri – Karl Marks esa yahudiy faylasuflaridan.
Shuningdek, Hitler olgʻa surgan “irqiy tozalik” gʻoyasi (faqat toza naslli oriy nemislar – odam, boshqalar – chala odam) yahudiylarning “mumtoz – tanlangan xalq” (faqat yahudiylar xudo saylagan va siylagan oliy xalq, boshqalar – yahudiylarga xizmat qilishi kerak boʻlgan goylar) gʻoyasidan ilhomlanib yaratilgan.
Irqiy soflik talabi sionizm va fashizmni irqchi ideologiyalar sifatida bir-biriga bogʻlaydi. Bundan ham muhimi – hozirgi kunda maʼlumki, Hitlerning dunyoqarashidagi bu markaziy element, avvalo, aynan iudaizm va sionizmdan zahir etilgan. Hitlerning Venadagi yoshlik davrini oʻrgangan zamonaviy tadqiqotchi yozadi: yosh rassom yahudiylarda eng yuqori baholagan xususiyat – bu “yahudiy irqi” sofligini ming yillar davomida saqlash mahorati” boʻlgan.
Shuni taʼkidlash kerakki, oʻsha davrning irqchilik nazariyachilari – List va fon Libenfels asarlarida xatarli va vayron qiluvchi omil sifatida begona irq emas, balki irqlar aralashuvi qaraladi. Bu aralashuv “ariy xalqi” qiymatini kamaytiradi va u har qanday narsa evaziga oldini olish lozim boʻlgan hodisa edi.
Hatto keyinchalik, 1930 yilda ham, Hitler yahudiylarning oʻz irqini saqlab qolish qobiliyatiga – ayniqsa, diniy qoidalar va gʻayriyahudiylar bilan nikoh tutmasligi haqidagi qatʼiy taqiq vositasida – hayrat bilan qarar edi.
Hitlerning suhbatdoshi Vagener, masalan, boʻlajak fyurerning quyidagi soʻzlarini keltiradi:
“Muso orqali yahudiy xalqi butun hayotiga moʻljallangan hayotiy qoidani oldi. Bu qoida diniy maqomga koʻtarildi, irqiy mohiyatga toʻliq mos keladi va hech qanday dogma yoki shubhali eʼtiqodlarsiz, sof va realistik tarzda Isroil farzandlarining kelajagi va oʻzini asrab qolishi uchun xizmat qiladi. Hamma narsa faqat oʻz xalqi farovonligiga boʻysundirilgan, boshqa xalqlarning manfaatlari inobatga olinmagan... Biz yahudiylarning oʻz irqini saqlab qolishdagi hayratomuz kuchini tan olishimiz kerak”. (Hamann, 350-351)
Bundan tashqari, Hitler va natsistlarga xush yoqib tushgan antisemitizm – avvalboshdanoq sionizmning eng yaqin doʻsti boʻlgan. Ularning orasida siyosiy va ideologik jihatdan bir xil simbioz – oʻzaro manfaatli bogʻliqlik mavjud boʻlgan va hanuzgacha mavjud. Masalan, 1895 yil iyun oyida “sionizm otasi” Teodor Hersl shunday yozgan edi:
“Parijda… men antisemitizmga nisbatan erkinroq munosabatga ega boʻldim, men uni hozir tarixiy jihatdan tushunaman va oqlayman. Eng asosiysi, men antisemitizmga qarshi kurashish urinishlarining befoydaligini va mahkumligini angladim” (Brenner).
Buni tushungandan soʻng, Hersl mashhur “qora yuzliklar” (Chernosotensы – Rossiyada 1905-1917 yillarda boʻlgan oʻta radikal millatchi guruhlar) va Nikolay Romanovning vaziri boʻlgan graf Pleve bilan ittifoq tuzishga shoshildi. U bu ishni Kishinyovdagi yahudiylarga qarshi “pogromlar”(qirgʻinlar)dan bor-yoʻgʻi bir necha oy oʻtgach amalga oshirdi – aynan oʻsha paytda Plevening bu qirgʻinlardagi asosiy uyushtiruvchi ekani barchaga maʼlum boʻlgandi.
Unda Hersl bu qotilga nima taklif etgan edi? Oʻzaro foydali kelishuvni! Yaʼni, Rossiyadagi yahudiylarning ommaviy emigratsiyasiga koʻmaklashish orqali inqilobiy harakatni zaiflashtirishni! Pleve Hersl bilan birinchi uchrashuvdayoq oʻzini “sionizmning qaynoq tarafdori” deb atagan. Uning bu soʻzlarini keyinchalik koʻplab taniqli antisemit davlat arboblari ham takrorlashgan. (Shahak, 71, 112)
Gʻalati jihati shundaki, sotsial-kommunist va bolsheviklar sardori boʻlmish Vladimir Leninni ham Yevropadagi yahudiy boylar taʼminlab turgan. Lenin Karl Marks taʼlimotidan ilhomlanib, ana shu moddiy taʼminotga tayanib, Rossiyada chor hokimiyatini agʻdarishga muvaffaq boʻlgan.
Ammo sionistlar va natsistlarning manfaatlarii kesishadigan asosiy nuqta ikkita:
1. Assimilyatsiyaga toʻsqinlik. Yaʼni sionistlar yahudiylarning boshqa xalqlar bilan aralashib, yoʻqolib ketishini istamagan. Alohida hududda yashashini, oʻz diniy va milliy qadriyatlarini unutmasligini orzu qilgan. Qiziq jihati, natsistlarga bu gʻoya yoqqan. Chunki ular yahudiylarning nemislar bilan aralashib, “oliy irqni” bulgʻatishini istashmagan. Shuning uchun katta fojia va haqorat sifatida tushuniladigan getto (yahudiylar alohida yashaydigan yopiq hududlar) ham ayni sionizm taʼlimotiga mos tushuvchi gʻoya edi. Chunki yahudiy taʼlimotiga koʻra, ayrim din talablarini bajarish shartlari uyda va koʻchada, yahudiylar mahallasida va “dushman” hududida keskin farqlanadi. Aytaylik, shanba kuni ishlamaslik – Shabatga amal qilishi uchun yahudiy odam oʻz uyi chegarasidan chiqmasligi kerak. Shu bois, hatto AQShdagi yahudiylar ham uylari va mahallarini sim bilan – ramziy chegara bilan oʻrab qoʻyishadi. Bu oʻziga “hiylai sharʼiy” ayrim din talablarini bajarishga yordam beradi. Gettoda yashash esa aynan sionistlarning bu kabi oʻziga xosliklariga toʻla mos kelar edi.
2. “Xudo vaʼda qilgan yer” – Falastinga koʻchib oʻtish va oʻsha yerda yahudiylar mustaqil davlatini qurish. Sionistlar yahudiylarning Falastinga tezroq koʻchib oʻtishini qoʻllab-quvvatlagan va bu jarayonda Germaniya ham oʻz manfaatini koʻrgan. 1933 yil 27 avgust kuni Uchinchi Reyxning iqtisod vazirligi hamda Germaniya va Falastindagi sionistlar vakillari oʻrtasida “Xavara” (ivrit tilida – “koʻchirish”) nomli kelishuv imzolangan. Unga koʻra, yahudiy muhojirlar oʻz mol-mulklarini bevosita Falastinga koʻchirib oʻtkazish huquqiga ega boʻlishgan. Sionistlar koʻrinish uchun natsistlarni yomonlasa ham, aslida Hitler hukumati bilan maxfiy muzokaralar olib borishgan. Nima qilib boʻlsa-da, hatto majburlab, Yevropadagi, umuman butun dunyodagi yahudiylarni Falastinga koʻchirib, u yerda Yahudiy davlatini qurish, Al-Aqso masjidini buzib, oʻrniga tarixiy Dovud ibodatxonasini qayta qurish va shu maqsadlar amalga oshgach, yahudiy xalqining xaloskori – Mashiah (aslida Dajjol) kelishini tezlashtirishdan iborat boʻlgan. Yahudiylarni majburlash va Falastinda yahudiy davlati tuzilishi uchun dunyo xalqlarining roziligini olish va rahmini keltirish uchun hatto yahudiylar qirgʻin qilingan Xolokost fojiasi yuz berishiga ham aynan sionistlar koʻmaklashgan, degan taxminlar mavjud. Chunki rostan ham, Xolokost fojiasidan soʻng BMT va Gʻarb dunyosi “qiynalgan va jafokash” yahudiy halqi uchun davlat qurib berishdi va uni davlat sifatida tan olishdi. Va hozirgacha qoʻllab-quvvatlab kelishmoqda. Barcha “erkaliklari”ga koʻz yumib kelishmoqda. Chunki “bu xalq qiynalgan, unga mumkin”.
“Foyda hamma narsadan ustun”
Bundan tashqari, Germaniya tomoni uchun “Xavara” kelishuvi Yaqin Sharqqa nemis tovarlarining eksportini yengillashtirgan. Bu esa xorijdagi yahudiylar tomonidan Germaniya mahsulotlariga eʼlon qilingan boykotni chetlab oʻtishga yordam bergan.
Germaniya sionistlari neytral pozitsiyani saqlagan, rejimga qarshi chiqishmagan, chunki vaziyat juda nozik edi. Ular tinchlikni saqlab qolishga harakat qilgan. Shunga qaramay, “Xavara” va boshqa kelishuvlarga qaramay, sionistlar Hitler va uning tarafdorlari uchun baribir “yaxudiy” boʻlib qolgan – ular nafrat obʼekti boʻlishdan toʻxtamagan.
Keyinchalik “Yangi tartib” deb atalgan tahdidlar ostida Germaniyadagi yahudiy tashkilotlari yetakchilari birlashishga qaror qildilar. 1933 yil yanvar oyida “Germaniya yahudiylarining imperiya vakilligi” (“Reichsvertretung der deutschen Juden”) tuzildi. Unga butun mamlakatda hurmatga sazovor berlinlik ravvin Leo Bek (Leo Baeck) rahbarlik qildi. U tan olingan olim va “Germaniya ravvinlari umumiy ittifoqi” (“Allgemeiner Rabbinerverband in Deutschland”) rahbari edi.
Yangi tashkilotning boshqa yetakchisi Otto Xirsh (Otto Hirsch) boʻldi. U ravvin emasdi, ammo dindor va dinsiz yahudiylar orasida katta hurmat qozongan shaxs edi. U Germaniyadagi ultra-ortodoks yahudiy guruhlari va baʼzi hollarda Germaniya sionist harakati bilan ham ixtilofda boʻlgan, shunga qaramay, mazkur vakillik tashkiloti Germaniya yahudiy jamiyati hayotida muhim oʻrin tutgan. Bu tashkilot 1938-39 yillarga kelib Gestapo nazoratidagi “Germaniya yahudiylarining imperiya uyushmasi” (“Reichsvereinigung der Juden in Deutschland”) bilan almashtirildi.
Sionist harakatidagi baʼzi yetakchilar yahudiylarni Falastinga koʻchirishga erishish maqsadida hatto natsizm bilan hamkorlikka tayyor boʻlishgan. Bu sohada eng koʻzga koʻringan shaxslardan biri Georg Kareskiy (Georg Kareski) boʻlib, u sionistlar doirasida katta hurmatga ega boʻlmagan bir chetdagi tashkilot rahbari edi. Kareskiy vaziyatning jiddiyligini taʼkidlar, kerak boʻlsa, gestapo va targʻibot vazirligi bilan hamkorlik qilishga chaqirgan – faqat yahudiylarni Germaniyadan xavfli kelajakdan saqlab qolish uchun.
Ehtimol, u bu orqali oʻz mavqeini koʻtarishni ham koʻzlagan, ammo vaziyat jiddiy ekanini toʻgʻri anglagan. Afsuski, aynan shunday siyosiy intuitsiya Germaniya yahudiy yetakchilarida toʻrtinchi Reyxning ilk yillarida yetishmagan edi.
Yana memorandum
Ayni shu davrda – 1933 yil 4 oktabrda reyxskanslerga ortodoks yahudiylari vakillari tomonidan yuborilgan memorandum alohida diqqatga sazovor.
Memorandum mualliflari Hitlerga shunday izoh berishadi: iudaizmni marksistik materializm bilan tenglashtirish notoʻgʻri; jamoa aʼzolarining ayrim xatolarini butun xalq zimmasiga yuklash insofdan emas; qadimiy yahudiy xalqi ayrim masʼuliyatsiz, ultramillatchi yahudiy yozuvchi va jurnalistlardan ancha yiroq turadi. Ortodoks yahudiylari "ahloqsiz aksilnemis targʻibot"ga qarshi chiqishadi va reyxskansler eʼtiborini birinchi jahon urushi frontida Germaniya uchun jon fido qilgan yahudiylarga qaratmoqchi boʻladilar.
Memorandumni imzolagan ravvinlarning taʼkidlashicha, ular yangi hokimiyatning maqsadi mamlakatdagi yahudiy aholini yoʻq qilish deb hisoblamaydi. Aksincha, ular nemislar uchun yaratiladigan "hayot makoni" (Lebensraum) ichida yahudiylar uchun ham oʻz diniga erkin amal qiladigan, xavotirsiz yashaydigan joy ajratilishi mumkinligidan umid qilishadi. Agar ular adashgan boʻlsa va hukumatning haqiqiy maqsadi barcha yahudiylarni yoʻq qilish boʻlsa, u holda ravvinlar reyxskanslerdan buni ochiq-oydin aytishini talab qilishadi.
Albatta, bu memorandum Hitlerning ish stoliga yetib bormasdan, arxivlardan joy olgani shubhasiz.
“Mumtoz” qatlam... Hitler uchun!
Aniq aytish mumkinki, oʻsha davrda faqat sionistlargina natsistlar eʼtiboriga va qoʻlloviga sazovor boʻlgan edilar. Bu qoʻllab-quvvatlash soʻz bilangina cheklanib qolmasdan, moddiy yordam koʻrinishida ham namoyon boʻlardi.
Sionistlar natsizm rejimida muayyan eʼtibor va hatto qoʻllab-quvvatlashga ega boʻlishgan. Bu qoʻllab-quvvatlash faqat soʻzda emas, balki moddiy yordam shaklida ham namoyon boʻlgan. Oddiy muhojirlar uchun kapitalni chetga chiqarishga Veymar respublikasi davridan qolgan va Hitler tomonidan yanada ogʻirlashtirilgan soliqlar joriy etilgan bir paytda, sionistlar uchun bu jarayon yengillashtirilgan. Germaniya hukumati ularning Falastinga chiqib ketishiga va mamlakat ichidagi faoliyatiga yordam koʻrsatgan.
Shu paytda Veymar respublikasi davrida joriy etilgan, keyinchalik Hitler tomonidan aql bovar qilmas darajada oshirilgan kapitalni xorijga chiqarish soligʻi oddiy emigrantlar uchun amal qilar edi. Ammo natsist hukumati yahudiylarni Falastinga chiqib ketishini yengillashtirar, Germaniyadagi sionistlar faoliyatiga har tomonlama yordam koʻrsatar edi.
Maʼlumki, “Xavara kelishuvi” (Haavarah-Abkommen – ivritchadagi haavarah soʻzidan olingan boʻlib, “koʻchirish” maʼnosini anglatadi) 1933 yil 27 avgust kuni Uchinchi reyx iqtisodiy vazirligi hamda Germaniya va Falastindagi sionistlar vakillari oʻrtasida imzolangan edi. Bu kelishuvga koʻra, yahudiy emigrantlar oʻz mulklarining maʼlum qismini toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkazib berish imkoniga ega boʻladilar. Shu bilan birga Germaniyadan Yaqin Sharqqa tovarlar eksporti yengillashtirilgandi. 1933 yildan 1939 yilgacha boʻlgan davrda ushbu kelishuv orqali taxminan yuz million reyxsmark mablagʻ Falastinga koʻchirilgan, bu esa Muqaddas Yerga koʻchib oʻtgan oltmish ming nafar yahudiyga emigratsiyaning dastlabki va eng ogʻir davrida tirikchilik qilish imkonini bergan.
Shunisi aniqki, “Xavara kelishuvi” ham, natsistlar bilan sionistlar oʻrtasidagi boshqa shartnomalar ham texnik tusda boʻlib, Hitler va uning izdoshlari uchun sionistlar baribir nafratga loyiq yahudiylar hisoblanardi. Ularning nazarida sionistlar “jahon qoʻrgʻoni”ning bir qismi edi. Ular qurishga harakat qilayotgan Falastindagi yahudiy davlati esa goʻyoki “yahudiy Vatikani”, yaʼni butun insoniyatga qarshi tuzilayotgan jahoncha hujum markazi edi.
Shu bilan birga, sionizm natsistlar uchun oʻta muhim vazifani – Germaniyani yahudiylardan tozalashni hal etishga yordam berardi. Shu bois sionistlar maʼlum maʼnoda va maʼlum muddat uchun “foydali dushmanlar” edi.
Natsistlar uchun “Xavara kelishuvi” yana bir muhim strategik afzallikni berdi: bu kelishuv Germaniya mahsulotlariga chet el yahudiylari tomonidan eʼlon qilingan boykotga yoʻl ochdi. Sionist tashkilotlari va Falastindagi yahudiy jamoatchiligi yetakchilari maxsus ravishda nemislarga qarshi hech qanday norozilik aksiyalarida qatnashmasdi, chunki bu yangi kelishuvlarga toʻsiq boʻlishi mumkin edi.
Sionistlar va natsistlar oʻrtasidagi aloqalar “Xavara” kelishuvi imzolanishidan ancha avval ham anʼanaviy tusda emasdi. 1933 yil boshlarida baron Leopold Its Edler fon Mildenshtayn xotini bilan birga Falastinga sayohat qilish va Gebbels tahriridagi “Angrif” (“Hujum”) jurnali uchun sayohat taassurotlari haqida maqolalar yozish uchun taklif etilgan. Ayni shu Mildenshtayn oradan bir necha yil oʻtib, SS razvedka xizmatining (Raynxard Xaydrix rahbarligidagi) yahudiylar boʻlimiga rahbar etib tayinlanadi. Uning qoʻl ostida esa keyinchalik mashhur Adolf Eyxman faoliyat yuritadi.
Shuningdek, 1933 yil 22 iyun kuni Germaniyadagi sionistik tashkilotlar yetakchilari tomonidan bevosita Hitlerga yuborilgan memorandum ham nihoyatda gʻalati va gʻayrioddiy tusga ega. Germaniyalik sionistlar bu hujjatda mamlakatda natsistlar tomonidan oʻrnatilgan yangi tuzumga nisbatan samimiy his-tuygʻularini bildirishadi va sionizm oʻzining ilk gʻoyaviy nuqtai nazarlariga koʻra milliy-sotsializmga juda yaqin ekanini taʼkidlashadi. Memorandum mualliflari bu yaqinlikni shunday ifodalashadi: “Ular bir ohangda kuylashadi”.
Bu jasur daʼvo keyingi satrlarda shunday izohlanadi: “Sionizm ishonadiki, xalqning milliy hayotini tiklash, hozirda Germaniyada sodir boʻlayotganidek, xristian va milliy asosda yahudiy xalqi uchun amalga oshishi kerak. Yahudiy xalqi uchun ham hayotdagi hal qiluvchi omillar – kelib chiqish, din, umumiy taqdir va yagonalik tuygʻusi boʻlishi lozim. Bu, oʻz navbatida, liberal davrning egoistik individualizmini istisno etishni va uni umumiy, jamoaviy masʼuliyat tuygʻusi bilan almashtirishni talab qiladi”.
Bu memorandum ham xuddi ortodoks iudaizm vakillari yuborgan yodnoma singari yakunlanadi: milliy-sotsializm irqiy asosda qurilayotgan tizim ichida yahudiylar uchun ham joy topishini soʻrab, ularning ham vatan ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshishi mumkinligini taʼkidlashadi.
Yakunda esa “kim kimni va qanday qutqargan” mavzusini yana bir bor yorituvchi bir necha raqamlar keltirilmoqda. 1935 yildan 1943 yilgacha boʻlgan davrda natsistlar taʼqibiga uchragan va xorijda panoh topgan yahudiylarning atigi 8,5 foizi Falastinda joylashishga muvaffaq boʻlgan. AQSh 182 ming nafar (umumiy miqdorning 7 foizidan kam) yahudiyni qabul qilgan boʻlsa, Angliya – 67 ming nafarni (taxminan 2 foiz). Eng katta qismi – 75 foiz – SSSR hududida panoh topgan.
Bu maʼlumotlar, jumladan, Saykoning “Isroil sari chorrahalarda” va Veynshtokning “Sionizm – Isroilga qarshi” nomli kitoblarida keltirilgan.
Falastin qissasi
Aytish joiz, Falastinga koʻchib kelgan yahudiylar juda jangovar va hujumkor kayfiyatda boʻlishgan. Ular turli terrorchilik tashkilotlari tuzib, oʻsha paytda Falastinni boshqargan Britaniya mandati maʼmuriyatiiga va mahalliy arablarga qarshi terrorchiliklar harakatlari uyushtirishgan. Ular pul va qurollarni qayerdan olib turishgani esa alohida mavzu...
Hitler bilan apoq-chapoq boʻlishlaridan 10 yilcha avval, 1924 yil 30 iyun kuni, Quddusda yahudiy yozuvchi va jurnalist Yakub Israil de Xaanning hayoti fojeali tugadi. U sionist yahudiylarning “Xagana” terrorchilik tashkiloti jangarilari tomonidan antisionistik faoliyati uchun oʻldirildi.
De Xaan 1921 yil may oyi oxirida, Yaffodagi noroziliklardan soʻng yozgan xatida shunday fikrlarni bildirgan:
“Biz gʻayrioddiy xalqmiz. Yaffo portdagi kemalardan yahudiy muhojirlarni tushirishdan bosh tortgan arab qayiqchilarga qarshi noroziligimizni bildiramiz. Arablarning boykotiga ham qarshi chiqamiz. Ammo barchamizga maʼlumki, biror arabga Tel-Avivda yashashga ruxsat yoʻq. Arab kishi yahudiy mehmonxonasiga mehmon sifatida qabul qilinmaydi. Kompaniyalar ustaviga faqat yahudiylar bilan ishlash huquqini belgilaydigan band qoʻshishlariga ajablanmaymiz. Yahudiylar – qotil emas, talonchi emas, yondiruvchi emas. Ulardan faqat bitta iltimos – yerni tinch yoʻl bilan egallash. Ammo arablar “tinch egallanish”ni xohlamaydilar. Ular iqtisodiy raqobatda yahudiylarga bardosh bera olmas ekan, qurolga murojaat qilishadi”.
Yana bir parcha:
“Portdan qaytgach, men yahudiy mehmonxonasida tushlik qildim va soʻradim:
– Mehmonxonada arablar bormi?
– Yoʻq, janob. Men ularni kiritmayman. Ular iflos xalq.
– Agar toza inson kelsa-chi?
– Ular bizning narxlarga chiday olmaydi.
– Agar kimdir kelib, toʻlashga tayyor boʻlsa-chi?
– Men qabul qilmayman. Men arablarni qabul qilmayman.
Shunday qilib, biz bu yerda yana navbatdagi qoʻzgʻolongacha tinch va osoyishta yashaymiz”, deya kinoya va achinish bilan xulosa qilgan Yakub Israil de Xaan.