Asadulla Qayumov “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ raisi etib tayinlandi
U avval Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari sifatida ishlagan.

Asadulla Qayumov “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ boshqaruv raisi lavozimiga tayinlandi.
Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Qayumov Asadulla Urolovich boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Qoʻmitadagi amaliy faoliyatini yakunladi.
Asadulla Qayumov ilk faoliyatini 2007 yil Qoʻmitada yetakchi mutaxassis lavozimidan boshlagan va 2017 yilga qadar bosh mutaxassis, boʻlim boshligʻi oʻrinbosari hamda boshqarma boshligʻi lavozimigacha koʻtarilgan.
2022-2025 yillarda Qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat olib bordi.
Asadulla Qayumov “Raqobat toʻgʻrisida”, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining bir qancha farmon va qarorlari qabul qilinishi va takomillashtirilishiga oʻz hissasini qoʻshgan.