platina.uz
Jamiyat

Andijon shahriga hokim tayinlandi

Elyorbek Karimov bungacha Izboskan tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Andijon shahriga hokim tayinlandi

Elyorbek Rahmatillayevich Karimov Andijon viloyati Andijon shahar hokimi lavozimiga tayinlandi.

Elyorbek Karimov 1986 yilda Izboskan tumanida tugʻilgan. 2008 yilda Andijon qishloq xoʻjalik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida gʻaznachilik hamda moliya tizimining tuman hamda viloyat idoralarida masʼul lavozimlarda, shuningdek, Izboskan tumani hokimining birinchi oʻrinbosari, viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Izboskan tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Andijon shahriga avval Gʻofurjon Abdurahmonov hokimlik qilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid