platina.uz
Jamiyat

Ekologiya vaziri maslahatchisi IIBga chaqirildi

Rasul Kusherbayevning bildirishicha, bu chaqiruv maqsadini tushunmagan va ichki ishlar vaziridan izoh soʻragan.

Ekologiya vaziri maslahatchisi IIBga chaqirildi

Ekologiya vaziri maslahatchisi, sobiq deputat Rasul Kusherbayev Yangiyoʻl tumani IIBga chaqirilgan va maʼlum muddat ushlab turilgan.

Bu haqda Kusherbayevning oʻzi maʼlum qildi va ichki ishlar vaziridan holatga izoh berishni soʻragan.

"Kecha maslahatlashish baxonasida Yangiyoʻl tumani IIBga chaqirilib, bir necha soat ushlab turildim. Ustimdan asossiz ariza berilgan. Yashash joyim ham, propiskam ham Yangiyoʻlda emas. Biroq nega Yangiyoʻl IIB bu ish bilan shugʻullanayotgani tushunarsiz. Qizigʻi, qancha tushuntirishlarimga qaramay, ish uchun ahamiyati boʻlmasa-da, mobil telefonim olib qoʻyildi", deb yozgan amaldor.

Uning aytishicha, IIB xodimlari Kusherbayev haqida yashirin va shubhali surishtiruvlar olib boryapti va maʼlumotlar toʻplamoqda.

Rasul Kusherbayev ustidan tushgan ariza mazmunini ochiqlamagan. Ichki ishlar vazirligi hozircha munosabat bermagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid