platina.uz
Jamiyat

Bojsiz olib kiriladigan tovarlar toʻlovi pasaytiriladi

Bojsiz tovar olib kirish limitidan foydalanish uchun fuqaro piyoda yoki avtomobilda kirib kelayotgan paytda kamida 2 kun, samolyotda kelayotganida esa kamida 3 kun Oʻzbekistondan tashqarida boʻlishi kerak.

Bojsiz olib kiriladigan tovarlar toʻlovi pasaytiriladi

2025 yil 1 maydan boshlab jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun notijorat maqsadlarida respublikaga olib kiriladigan tovarlarni bojsiz olib kirishning yangi normalari belgilandi.

Hukumat 19 aprelda imzolagan qarorga koʻra:

  • havo transportida 1000 dollar (amalda 2000 dollar);
  • temir yoʻl va daryo transportida 500 dollar (amalda 1000 dollar);
  • avtomobil (piyoda) oʻtkazish punktlari orqali 300 dollar;
  • xalqaro kurerlik joʻnatmalari orqali 200 dollar (amalda bir chorakda 1000 dollar);
  • xalqaro pochta joʻnatmalari orqali 100 dollar (oʻzgarmagan).

Bundan tashqari, bojsiz tovar olib kirish limitidan foydalanish uchun fuqaro piyoda yoki avtomobilda kirib kelayotgan paytda kamida 2 kun, samolyotda kelayotganida esa kamida 3 kun Oʻzbekiston hududidan tashqarida boʻlishi kerak.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid