platina.uz
Sport

Xorvatiya termasi sobiq futbolchisi avtohalokatda qurbon boʻldi

Pokrivach 2008 yildan 2010 yilgacha Xorvatiya terma jamoasida oʻynagan va 15 ta uchrashuvda maydonga tushgan. 

Xorvatiya termasi sobiq  futbolchisi avtohalokatda qurbon boʻldi

Xorvatiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Nikola Pokrivach 39 yoshida avtohalokatda vafot etdi.

Xorvatiya futbol federatsiyasining (XFF) xabar berishicha, sobiq futbolchi Nikola Pokrivach 18 aprel kuni avtohalokatda vafot etgan.

Halokatda toʻrt avtomobil toʻqnashib ketgan. Pokrivachdan tashqari yana bir kishi halok boʻlgan. Pokrivach bilan birga boʻlgan uch kishi jarohat olgan, ulardan ikki nafarining ahvoli ogʻir ekani aytilmoqda.

Zagrebning “Dinamo” klubining sobiq yarim himoyachisi Pokrivach 2008 yildan 2010 yilgacha Xorvatiya terma jamoasida oʻynagan va 15 ta uchrashuvda maydonga tushgan. U, shuningdek, “Monako” va “RB Zalsburg” kabi mashhur jamoalar safida ham toʻp surgan.

“Uning halok boʻlganidan sabab qaygʻumizni soʻz bilan ifodalab boʻlmaydi”, — deyiladi XFF bayonotida.

“Men Nikolaning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardligimni bildiraman. Bu nafaqat biz uchun, balki butun Xorvatiya futbol oilasi uchun ogʻir damlardir”, — deya qoʻshimcha qildi XFF prezidenti Marijan Kustich.

Maʼlumot oʻrnida, Pokrivach professional faoliyati davomida bir qancha futbol klublarida toʻp surgan. U jami 353 ta oʻyinda maydonga tushib, 30 ta gol urishga erishgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid