platina.uz
Jamiyat

Xavf darajasi yuqori boʻlgan mahsulotlarni majburiy davlat roʻyxatidan oʻtkazish bekor qilindi

Ularni shakllantirish va hisobga olish Texnik tartibga solish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu haqda Prezident farmoni eʼlon qilindi.  

Xavf darajasi yuqori boʻlgan mahsulotlarni majburiy davlat roʻyxatidan oʻtkazish bekor qilindi

Ichki bozorda raqobat muhiti rivojlantiriladi.

“Ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyatini ragʻbatlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident Farmoni (PF-67-son, 18.04.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonga koʻra, ichki bozorda raqobat muhitini rivojlantirish sohasida quyidagilar belgilandi, jumladan:

-olib kirilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi 1994 yildagi Tariflar va savdo boʻyicha General kelishuv (GATT) va 1994 yildagi mazkur kelishuvning VII-moddasini qoʻllash toʻgʻrisidagi Kelishuvda belgilangan umumiy tamoyil va qoidalarga toʻliq muvofiq keltiriladi;

-tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashda imtiyozlar yoki maxsus bojxona rasmiylashtiruvi tartiblari, jumladan, muayyan aniqlash usullarini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.

Shuningdek, xavf darajasi yuqori boʻlgan mahsulotlarni majburiy davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi bekor qilinib, ularga muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiya rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi.

2025 yil 1 maydan boshlab muvofiqlik deklaratsiyasini sertifikatlashtirish organlarida roʻyxatdan oʻtkazish tartibi bekor qilinadi hamda ularni shakllantirish va hisobga olish Texnik tartibga solish axborot tizimi (TRIS) orqali amalga oshiriladi.

Farmonga koʻra, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi nazorati boʻyicha vakolatli organ vazifalari Canitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda:

-2025 yil 1 avgustdan oziq-ovqat mahsulotlari uchun texnik reglamentlar va standartlar majburiyligi bekor qilinadi hamda Qoʻmita tomonidan ishlab chiqilgan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari daxldor vazirlik va idoralar bilan kelishilgandan soʻng toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladi.

Sanitar, fitosanitar va veterinariya nazorati sohasidagi quyidagi tartib-taomillarga majburiy amal qilish 2025 yil yakunigacha talab qilinmaydi, jumladan:

-mahalliy va import oziq-ovqat mahsulotlari uchun sanitariya va epidemiologiya xizmatlarining laboratoriyalari natijalariga asosan sanitariya-epidemiologik xulosa olish orqali sertifikatlash;

-barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan, bolalar ovqatlari, terapevtik va profilaktik ovqatlanish uchun parhez oziq-ovqat mahsulotlari, oziq-ovqat qoʻshimchalari, biologik faol oziq-ovqat qoʻshimchalari va yangi retseptlar yoki yangi texnologiya asosida yaratilgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun barcha texnik hujjatlarni Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishish va tasdiqlash;

-oʻsimlik mahsulotlari, mato, ipak, charm, oʻyinchoqlar, sport inventari va boshqalar uchun veterinariya sertifikatini olish.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid