Qoʻqonda ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash uchun pul ajratiladi
Fargʻona viloyati hokimi v.v.b M.Ubaydullayev tegishli farmoyishni imzolagan.

Fargʻona viloyati Qoʻqon shahridagi 9 ta MFYda ichimlik va oqova suv tizimlarini yaxshilash uchun 1,5 mlrd soʻm pul beriladi. Bu haqda viloyat hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi M.Ubaydullayev tegishli farmoyishni imzolagan.
"Qoʻqon shahridagi 9 ta MFY hududidagi ichimlik va oqova suv taʼminoti tizimini yaxshilash ishlari uchun viloyat mahalliy byudjetining 2025 yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan 1 500,0 (bir milliard besh yuz) million soʻm mablagʻ “Suv taʼminoti va oqava suv obʼektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi” Fargʻona viloyati boshqarmasiga ajratilsin", deyiladi hujjatda.
Farmoyish ijrosini nazorat qilish hokim oʻrinbosari X.Dolimov zimmasiga yuklangan.
Avval Samarqandda byudjetdan 83 mlrd soʻm ajratilgandi.