platina.uz
Jamiyat

Ookla: Oʻzbekiston mobil internet tezligi boʻyicha oxirgi 4 yilda 65 pogʻonaga yuqorilagan

Jahonning nufuzli Speedtest Global Index reytingiga koʻra, Oʻzbekistonda internet tezligi yanada yaxshilanib bormoqda.

Ookla: Oʻzbekiston mobil internet tezligi boʻyicha oxirgi 4 yilda 65 pogʻonaga yuqorilagan

Oʻzbekistonda internet infratuzilmasini rivojlantirish, uning qamrovini kengaytirish va foydalanuvchilar uchun yuqori sifatli xizmatlarni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar oʻz samarasini bermoqda. Bu dinamika mamlakatning raqamli iqtisodiyotga oʻtishdagi ildam qadamlaridan biri sifatida eʼtirof etiladi.

Speedtest Global Index natijalariga koʻra, 2020 yilda Oʻzbekiston 133-oʻrinni egallagan boʻlsa, 2025 yil yanvar holatiga koʻra, mamlakat ushbu reytingda 68-oʻringa koʻtarilgan. Shu tariqa Oʻzbekiston 2020 yildan beri 65 pogʻonaga yuqorilagan.

Maʼlumot uchun, Ookla – global internet tezligini oʻlchash va tahlil qilish bilan shugʻullanadigan yetakchi tashkilot boʻlib, 2006 yilda tashkil etilgan. U Speedtest platformasi orqali butun dunyo boʻylab foydalanuvchilarga internet tezligini tekshirish imkoniyatini beradi. Tashkilot har oy Speedtest Global Index reytingini yangilab, dunyodagi mobil va simli internet tezliklarini taqqoslab boradi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid