Zuhriddin Bahriddinov Namangan viloyati hokimi oʻrinbosari etib tayinlandi
Tayinlovga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi Hududlarni kompleks iqtisodiy rivojlantirish departamenti direktori boʻlib ishlab kelayotgandi.

Bahriddinov Zuhriddin Bahriddin oʻgʻli Namangan viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
Zuhriddin Bahriddinov 1985 yilda Toʻraqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. Mutaxassisligi - moliya, davlat moliyasini boshqarish. 2006 yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot instituti, 2008 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini, 2020 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2007 yili Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi moliyalashtirish,buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi mutaxassisligidan boshlagan. 2008-2020 yillarda Namangan viloyati moliya boshqarmasida turli vazifalarda faoliyat koʻrsatgan.
2020-2024 yillarda Namangan viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.
Tayinlovga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi Hududlarni kompleks iqtisodiy rivojlantirish departamenti direktori boʻlib ishlab kelayotgan edi.
Mazkur tayinlov Namangan viloyati hokimining tegishli qarori bilan amalga oshirildi.