platina.uz
Jamiyat

Toshkent viloyatidagi ayrim yoʻllarda tezlik pasaytiriladi

Ushbu yoʻllarda ogʻir oqibatli yoʻl-transport hodisalari sodir boʻlayotganligi maʼlum qilingan.

Toshkent viloyatidagi ayrim yoʻllarda tezlik pasaytiriladi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ayrim trassalarda tezlikni tushirish boʻyicha qarorni imzoladi. Qaror 2025 yil 17 aprel kuni eʼlon qilingan.

Aytilishicha, YTHlarni oldini olish boʻyicha aholi yashash hududlaridan tashqarida avtomobillar tezligini soatiga 100 kilometrdan 80 kilometr soatga kamaytirish qaror qilingan.

Bunda 37 ta yoʻl qismlari tahlil qilinib, ogʻir oqibatli yoʻl-transport hodisalari sodir boʻlayotganligi maʼlum qilingan.

Qaror eʼlon qilingan kundan kuchga kirishi belgilangan.

Jumladan, Oʻrtachirchiq tumanidan oʻtgan A-373a yoʻlining 33-37 kilometrlar oraligʻi, Oqqoʻrgʻon tumanidan oʻtgan A373 yoʻlining Alisher MFYdan oʻtgan qismi, Parkent tumanidan oʻtgan 4R 15 yoʻlining 39-48 va 44 va 53 kilometrlari oraligʻida tezlik pasaytiriladi.

Bundan tashqari Yangiyoʻl tumanidan oʻtgan M-39 avtomobil yoʻlining 831, 832, 824-kilometrlar oraligʻi, ushub yoʻlning Chinoz tumanidan oʻtgan ayrim qismlarida ham tezlik pasaytiriladi.

Toʻliq roʻyxat quyidagi jadvalda keltirilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid