Qozogʻistonda qor yogʻadi, Oʻzbekistonda harorat 17 darajagacha pasayadi
Yaqin kunlarda ob-havo qanday oʻzgarishi mumkinligi boʻyicha maʼlumot berildi.

Yaqin kunlarda Markaziy Osiyo vva Oʻzbekiston hududida biroz past haroratli ob-havo kuzatiladi.
Bugun va ertaga Oʻzbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli boʻlishi kutilmoqda, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Faqat respublikaning shimoli-gʻarbiy hududlari – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati va Navoiy viloyatining shimolida yogʻingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati bugun 18-21 darajagacha, ertaga 14-17 darajagacha pasayishi davom etadi.
20 aprel – yakshanba kuni faqat togʻ oldi va togʻli hududlarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Oʻzbekistonning qolgan hududlarida quruq ob-havo kuzatiladi.
20 aprelda kechasi va kunduzi havo nisbatan salqin boʻladi, harorat kechasi 5-10 darajagacha pasayadi, kunduzi esa quyosh nurlari havoni 20-23 darajagacha isitadi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Sinoptiklarning xabar berishicha, Qozogʻiston hududiga shimoli-gʻarbiy siklon kirib kelgan. Bu havo haroratining sezilarli pasayishini va yomgʻirdan qorga oʻtishni olib keldi. Hatto mamlakatning janubiy viloyatlari aholisi ham sovuqning aks-sadosini his qilishdi.
Biroq, bahorning kutilmagan hodisalari shu bilan tugamaydi: yaqin kunlarda shimoliy va sharqiy hududlarda yomgʻir davom etadi, 19 aprelda ham qorga aylanishi mumkin.
Ammo bahor hamon oʻz taʼsirini oʻtkazmoqda, yomgʻirga qaramay, havo haroratining bosqichma-bosqich oshishi kutilmoqda.