Erkinjon Turdimov rahbarlardan imlo oldi
Ularning ayrimlari sinovda qoniqarsiz natija qayd etgan.

Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov hudud rahbarlarining imloviy bilimini tekshirib koʻrish maqsadida sinov oʻtkazdi. Ularning aksariyati qoniqarsiz natija qayd etgan.
Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra, 2023 yildan barcha ish hujjatlari lotin alifbosiga asoslangan oʻzbek alifbosida yuritilishi belgilangan.
Lekin ayrim rahbarlar hujjatlarda kirill alifbosini ishlatayotgani aniqlangan.
Sirdaryoda rahbarlardan olingan imlo natijalariga koʻra, soliq boshqarmasida 9 nafardan olti nafari, elektr tarmoqlarida 5 nafardan 4 nafari, Oʻztelekom hududiy boʻlimida sakkiz nafardan toʻrt nafari qoniqarsiz baho olgani aniqlandi.
Yakunda esa ishchi guruh tashkil etib, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish, rahbarlarning savodxonligini oshirish chora-tadbirlari belgilab olingan.
