Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlariga aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquq beriladi
«Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun qabul qilindi.

«Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun qabul qilindi.
Ushbu qonun bilan aksiyadorlarning dividendlar toʻlanishiga oid huquqlari mustahkamlanmoqda, aksiyadorlik jamiyatlari xodimlariga aksiyalarni imtiyozli shartlarda sotib olish huquqi berilmoqda.
Shuningdek, AJlarda veb-saytlar mavjud boʻlishining majburiyligi toʻgʻrisidagi va ular tomonidan axborotning oshkor etilishi borasida qoʻyilgan talablar soddalashtiriladi.
Bundan tashqari, fond birjalarining faoliyatini tartibga solish vakolati Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga yuklatilmoqda.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.