platina.uz
Iqtisod

Toshkentda 1 va 2 xonali uylar ijarasi arzonlashmoqda

2025 yilning mart oyida oʻrtacha taʼmirlangan bir xonali xonadonlar narxi oʻtgan yilga qaraganda 16,6 foizga tushdi. 

Toshkentda 1 va 2 xonali uylar ijarasi arzonlashmoqda

Toshkent shahrida uylar ijarasi tahliliga koʻra, 1 va 2 xonali turar joylarning ijara narxlari tezroq arzonlashmoqda.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2025 yilning mart oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun taklif etilgan ijara narxlari tahlil qilindi.

2025 yilning yanvar-mart oylarida poytaxtda 1, 2 va 3 xonali turar joylarning oʻrtacha ijara narxlari oʻtgan yilning mos davridagiga nisbatan sezilarli darajada arzonlashgan boʻlsa, 4 xonali uylarniki Shayxontohur tumanidagi toʻliq taʼmirlangan "lyuks" toifadagi uylar ijarasi hisobiga biroz qimmatlashgan.

Oʻrtacha taʼmirlangan uy-joylar ijarasi

2025 yilning mart oyida oʻrtacha taʼmirlangan xonadonlar uchun oʻrtacha ijara narxlari 2024 yilning mos davridagiga nisbatan sezilarli darajada arzonlashdi:

- 1 xonali: $296 (oʻtgan yilning mart oyidagiga ($356) nisbatan -16.6%);

- 2 xonali: $379 (oʻtgan yilning mart oyidagiga ($396) nisbatan -4.6%);

- 3 xonali: $454 (oʻtgan yilning mart oyidagiga ($467) nisbatan -2.9%)

- 4 xonali: $521 (oʻtgan yilning mart oyidagiga ($538) nisbatan -4.7%).

Oʻrtacha taʼmirlangan xonadonlar uchun taklif etilgan nisbatan arzon ijara narxlari:

- Sergeli tumani (1 xonali - $297, 2 xonali – $373, 3 xonali – $432, 4 xonali - $443);

- Olmazor tumani (1 xonali – $287, 2 xonali – $347, 3 xonali – $408, 4 xonali – $474).

Nisbatan qimmat ijara narxlari:

- Shayxontohur tumani (1 xonali – $345, 2 xonali – $462, 3 xonali – $582, 4 xonali – $617);

- Yakkasaroy tumani (1 xonali – $381, 2 xonali – $528, 3 xonali – $616, 4 xonali – $700).

Toʻliq taʼmirlangan uy-joylar ijarasi

Joriy yilning mart oyida toʻliq taʼmirlangan 1, 2 va 3 xonali turar joylar uchun ijara narxlari ham oʻtgan yilning mart oyidagiga nisbatan arzonlashdi:

- 1 xonali: $411 (oʻtgan yilning mart oyidagiga ($472) nisbatan -13,1%);

- 2 xonali: $547 (oʻtgan yilning mart oyidagiga ($644) nisbatan -15,0%);

- 3 xonali: $728 (oʻtgan yilning mart oyidagiga ($788) nisbatan -8.5%);

Mazkur davrda 4 xonali uylarning ijara narxi $957 ni (oʻtgan yilning mart oyida - $909) tashkil etdi va oʻtgan yilning mos davridagiga nisbatan 3,1 foiz qimmatlashdi.

Toʻliq taʼmirlangan uy-joylar uchun taklif etilgan nisbatan arzon ijara narxlari:

- Sergeli tumani (1 xonali – $327, 2 xonali – $417, 3 xonali – $513, 4 xonali – $641);

- Uchtepa tumani (1 xonali – $386, 2 xonali – $450, 3 xonali – $534, 4 xonali – $625).

nisbatan qimmat ijara narxlari:

- Mirobod tumani (1 xonali – $484, 2 xonali – $731, 3 xonali – $1027, 4 xonali – $1328);

- Shayxontohur tumani (1 xonali – $521, 2 xonali – $732, 3 xonali – $1093, 4 xonali – $1381).

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid