platina.uz
Jamiyat

Samarqandda jamoat transporti narxlari oshirildi

Shahar boʻylab avtobus, elektrobus va tramvaylarda toʻlov bir yoʻlovchi uchun 3 ming soʻm etib belgilandi. 

Samarqandda jamoat transporti narxlari oshirildi

Samarqand shahrida jamoat transportidan foydalanish narxi oshirildi. Bu haqda viloyat hokimi Adiz Boboyev 2025 yil 15 aprel kuni tegishli qarorni imzoladi.

Unga koʻra, shahar boʻylab avtobus, elektrobus va tramvaylarda naqd pul orqali toʻlov bir yoʻlovchi uchun 3 ming soʻm etib belgilandi. Bank kartalari orqali mazkur miqdor 2 ming soʻmni tashkil etadi.

Shuningdek, jamoat transportidan kunlik, oylik va haftalik cheksiz foydalanish narxlari belgilandi.

Oddiy yoʻlovchilar uchun bir kunlik narx 7-8 ming soʻmni, oylikda 200-277 ming soʻmni tashkil etadi. Yillik miqdor esa 1 mln 927 ming (umumiy 2 mln 715 ming soʻm).

Imtiyozli kartalardan foydalanuvchilar (nogironlar, pensionerlar, talabalar) ga 50 foiz chegirma qoʻllaniladi.

Qaror eʼlon qilingan kundan kuchga kirishi belgilangan.

Eslatib oʻtamiz, mart oyi oxirida Namanganda ham jamoat transporti qimmatlagandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid