platina.uz
Jamiyat

Yangi Andijon shaharchasiga Bobur nomi beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shunday tashabbus bilan chiqdi. 

Yangi Andijon shaharchasiga Bobur nomi beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Andijon shahridagi "Yangi Oʻzbekiston" bogʻida oʻtayotgan xalq saylida soʻzga chiqdi.

Unda davlat rahbari Zahiriddin Muhammad Bobur xotirasini abadiylashtirish maqsadida Yangi Andijon shaharchasiga Bobur shahri deb nom berishni taklif qildi.

"Ishonchim komil, bu tashabbus har tomonlama xalqimizning koʻnglidagi ish boʻladi. Nega deganda, hazrati Bobur – jahon tarixida kamdan-kam uchraydigan shunday benazir, ulugʻ zotki, uning sharafiga nafaqat koʻcha va maydonlar, bogʻu rogʻlar, balki alohida shahar bunyod etsak, albatta arziydi.

Nega deganda, Bobur Mirzo – Temuriylar Renessansining munosib davomchisi, ilm-fan, madaniyat, sanʼat va adabiyot, isteʼdod homiysi boʻlgan buyuk shaxsdir.

Uning yoshlik paytlaridan yurtda tinchlik va adolat oʻrnatish uchun olib borgan kurashlari, bu yoʻlda koʻrsatgan mardlik va jasorati fidoyilik va vatanparvarlik maktabidir.

Hech shubhasiz, qomusiy bilim va tafakkur egasi boʻlgan bu mumtoz ajdodimizning birgina “Boburnoma” asari uchun ham uning sharafiga mana shunday goʻzal shaharchani bunyod etsak arziydi",

- dedi Prezident.

Ushbu tashabbus yurtdoshlarimiz tomonidan qizgʻin qoʻllab-quvvatlandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid