platina.uz
Jamiyat

Toshkentdan Jiddaga reyslar vaqtincha toʻxtatiladi

Agar 30 apreldan keyin Saudiya Arabistonida qolgan yoʻlovchilar aniqlansa, jarimalar uchun javobgarlik agent yoki yoʻlovchining zimmasiga yuklanadi. 

Toshkentdan Jiddaga reyslar vaqtincha toʻxtatiladi

Toshkent – Jidda va Jidda – Toshkent reyslari yoʻlovchilari uchun axborot xabari eeʼlon qilindi.

“Haj 2025” dasturi boshlanganligi munosabati bilan, 2025 yil 14 apreldan boshlab Uzbekistan airways Toshkent – Jidda – Toshkent yoʻnalishidagi reyslarda Umra vizasiga ega yoʻlovchilarni qabul qilishni toʻxtatadi.

2025 yil 14 apreldan boshlab aviakompaniya reyslari orqali Saudiya Arabistoniga borayotgan barcha yoʻlovchilar Toshkentga qaytish chiptasiga ega boʻlishi va 2025 yil 30 aprelgacha mamlakat hududini tark etishi shart.

Agar 30 apreldan keyin Saudiya Arabistonida qolgan yoʻlovchilar aniqlansa, jarimalar uchun javobgarlik agent yoki yoʻlovchining zimmasiga yuklanadi.

Saudiya Arabistoni Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi aylanmasiga muvofiq, Uzbekistan Airways tomonidan amalga oshirilayotgan Toshkent – Jidda – Toshkent reyslari 2025 yil 30 apreldan boshlab bekor qilinadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid